fbpx
Batafsil fotoretsept: tomat qaylasi ostida go’shtli «Atirgullar»

Batafsil fotoretsept: tomat qaylasi ostida go’shtli «Atirgullar»

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qayla uchun

Yo’nalishlar

Go’shtli «Atirgullar» tez tayyorganligi uchun dangasa chuchvara dep ataladi. Ularni tovada, pechda, multivarkada, bug’da yoki suvda qaynatib tayyorlash mumkin. Har doim har-xil ta’m va yangi taom. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
2 ta tuxum
300 gramm un
30 millilitr o'simlik yog'i
50 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
600 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' petrushka yoki kashnich
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq kashnich urug'i
3 osh qoshiq suv
Qayla uchun
1 ta piyoz
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 osh qoshiq tomat pastasi
500 millilitr o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar
200 millilitr o'simlik yog'i
50 gramm sariyog'
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq kashnich urug'i
300 millilitr qaynagan suv
1 bog' istalgan ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Chuqur idishda tuxum, suv, o’simlik yog’i va tuzni aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan un qo’shib yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qo’shamiz. 20-30 daqiqaga tindirgani qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Piyoz va ko’katni mayda to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymaga piyoz, ko’kat, ziravorlar, maydalangan sarimsoqpiyoz va suv qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz

Bulg’or qalampiri va piyozni ingichka somoncha shaklida to’g’raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Katta va chuqur tovada o’simlik yog’i va sariyog’ni qizdiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sabzavotlarni qo’shib 2-3 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tomat pastasi, o’z sharbatidagi pomidrlarni qo’shib, 15 daqiqa davomida o’rtacha olovda pishiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

15 daqiqadan so’ng ziravorlar, maydalangan sarimsoqpiyozni qo’shib, aralashtiramiz va olovdan olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

"Atirgullarni" yasaymiz

Xamirni yupqa yoyib, qiymani yupqa qilib ustiga solamiz va rulet shaklida o’raymiz.

Qadam 12
Tugallandi

Ruletni 4-5 sm qalinlikdagi bo’laklarga kesamiz, va chetlarini atirgul kabi ochamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Qaylaga suv qo’shib, qaynatamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Atirgullarni solamiz. Suv atirgullarni o’rtasigacha qoplashi kerak.

Qadam 15
Tugallandi

Qopqoq ostida 25-30 daqiqa ostida qaynatamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Issiq holatida, ustiga ko’kat sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
2 ta tuxum
300 gramm un
30 millilitr o'simlik yog'i
50 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
600 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' petrushka yoki kashnich
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq kashnich urug'i
3 osh qoshiq suv
Qayla uchun
1 ta piyoz
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 osh qoshiq tomat pastasi
500 millilitr o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar
200 millilitr o'simlik yog'i
50 gramm sariyog'
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq kashnich urug'i
300 millilitr qaynagan suv
1 bog' istalgan ko'katlar
oldingi
Videoretsept: muzqaymoq bilan olchali kobler
keyingi
Videoretsept: pishiriqsiz shokoladli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.