fbpx
Batafsil fotoretsept: apelsin sedrasiga ega shokoladli pryaniklar

Batafsil fotoretsept: apelsin sedrasiga ega shokoladli pryaniklar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • glazuri uchun

Yo’nalishlar

Xushbo’y va qarsildoq, ammo nozik markaziga ega shokoladli to’q sariq pechenye o’zining yorqinligi va tashqi qiyofasi bilan sizni maftun etadi.

Xamir tarkibidagi apelsin po’sti pryaniklarga o’zgacha lazzat bag’ishlaydi va bu oilaviy qishki choy ichishlar uchun ajoyib imkoniyat!

Qolaversa siz uni oldindan tayyorlab, qutilarga solib, do’stlaringiz va tanishlaringizga berishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
100 gramm asal
200 gramm shakar
2 ta tuxum
2 choy qoshiq maydalangan zanjabil
3 choy qoshiq dolchin
3 choy qoshiq kakao kukuni
450 gramm un
150 gramm "Домашнее застолье" margarini
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
apelsin sedrasi
glazuri uchun
1 ta tuxum oqi
200 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Mikserda asal, tuxum va shakarni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Apelsin sedrasi va yumshatilgan "Domashnee zastolye"margarinini solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Barcha quruq masalliqlarni solamiz - dolchin, zanjabil, kakao, qabartma va un.

Qadam 4
Tugallandi

Yumshoq va ozroq yopishqoq xamir qoramiz. Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 1-2 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni muzlatgichdan olib, 3 ga bo'lamiz. Har bir bo'lakni pergament qog'ozi ustida 0,5 sm qalinlikda yoyamiz.

Maslahat: birinchi bo'lakni yoyayotgan payt qolganlarini muzlatgichda saqlang.

Qolipchalar yordamida pryaniklarni kesib, ortiqcha xamirlarni olib tashlaymiz va pergament bilan birgalikda gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 5-7 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz:

Tuxum oqini qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz. Shakar upasini solib, yana bir-ikki daqiqa ko'pirtiramiz. Glazurni konditer qopchasiga solib, pryaniklarni bezatamiz. So'ngra 1-2 soat glazurlar qotishini kutamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagram: Домашнее застолье
Сайт: www.dom-zastolye.uz

Reklama huquqi ostida

  • 2 soat
  • Portsiya 24
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
100 gramm asal
200 gramm shakar
2 ta tuxum
2 choy qoshiq maydalangan zanjabil
3 choy qoshiq dolchin
3 choy qoshiq kakao kukuni
450 gramm un
150 gramm "Домашнее застолье" margarini
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
apelsin sedrasi
glazuri uchun
1 ta tuxum oqi
200 gramm shakar upasi
oldingi
Videoretsept: «Archa» asalli torti
keyingi
Videortsept: «Qizil baxmal» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.