Basbusa – sharqona shirinligi
Masalliqlar:
-
1 stakan un
-
1 stakan bug'doy yormasi
-
1 stakan kakos qirindisi
-
1 stakan shakar
-
1 stakan kefir
-
yarim stakan o'simlik yog'i
-
2 ta tuxum
-
15 gramm qabartma
-
qolipga surtish uchun sariyog'
-
30 dona tozalangan yong'oq
-
Qiyoomiga:
-
50 gramm shakar
-
100 millilitr suv
-
1 osh qoshiq limon sharbati
Yo’nalishlar
Siz arabcha basbusa shirinligini ta’tib ko’rganmisiz? Yo’qmi? Unday bo’lsa, juda mazali, qiyom bilan boyitilgan bu pirogni tayyorlab ko’ring.
Ba’zi rus xalqlari uni mannik deb nomlashadi, ammo bu mannik emas. U juda yumshoq va mayinligi, yong’oq va limon isi ufurib turishi bilan undan farq qiladi.
Muhim! Bu retseptda kerakli masalliqlarni stakanlarda o’lchab olamiz. Buning uchun 250 ml li stakan yoki qadahdan oling va u yordamida o’lchang.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 16 000 so’m pul sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagna amal qiladi.
Masalliqlar:
1 stakan un | |
1 stakan bug'doy yormasi | |
1 stakan kakos qirindisi | |
1 stakan shakar | |
1 stakan kefir | |
yarim stakan o'simlik yog'i | |
2 ta tuxum | |
15 gramm qabartma | |
qolipga surtish uchun sariyog' | |
30 dona tozalangan yong'oq | |
Qiyoomiga: |
|
50 gramm shakar | |
100 millilitr suv | |
1 osh qoshiq limon sharbati |
Gaz pechini 180 С haroratga qizdiramiz.
Tayyorlash jarayoni osonligi sababli ham, gaz pechimiz qizib turishi kerak.
Qolipni tayyorlab olamiz. Bizlar 30х40 sm li qolipdan foydalanamiz.
Pergament qog'oz solib, qolipning chetlariga sariyog' surtamiz.
Kattaroq tog'orachada quruq masalliqlarni aralshtirib olamiz.
Alohida tog'orachada tuxum, o'simlik yog'ini aralashtirib, quruq masalliqlar ustidan solamiz.
Yaxshilab aralashtirib, xamirni qolipga quyamiz.
Pirog ustini qismlarga bo'lib, har bir bo'lagi ustidan yong'oq qo'yib chiqamiz, xuddi paxlavaga o'xshab.
Yong'oqlar xamirning ustida turishi kerak.
180 C da taxminan 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan pirogni 10 daqiqa sovutishga qo'yamiz.
Qiyomini tayorlaymiz:
Qozonchaga suv va shakarni solib aralashtiramiz.
2-3 daqiqa o'rtacha olovda qaynatamiz.
Oxirida limon sharbatini solamiz.
Pirogni bo'laklarga bo'lamiz, yani o'rtasigacha kesamiz, lekin oxirigacha emas, yarmigacha.
Qoshiq yordamida 1 osh qoshiqdan qiyomdan pirogning kesilgan joylariga quyib chiqamiz. So'ng iste'mol qilsak ham bo'ladi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 stakan un | |
1 stakan bug'doy yormasi | |
1 stakan kakos qirindisi | |
1 stakan shakar | |
1 stakan kefir | |
yarim stakan o'simlik yog'i | |
2 ta tuxum | |
15 gramm qabartma | |
qolipga surtish uchun sariyog' | |
30 dona tozalangan yong'oq | |
Qiyoomiga: |
|
50 gramm shakar | |
100 millilitr suv | |
1 osh qoshiq limon sharbati |
1 Sharhlar Hide Comments
yoqdi. katta raxmat