fbpx
Baqlajon va pishloq bilan pishirilgan tovuq go’shti

Baqlajon va pishloq bilan pishirilgan tovuq go’shti

Masalliqlar:

  • pomidorli qayla uchun

Yo’nalishlar

Sizlarning e’tiboringizga bayram dasturxoni uchun to’g’ri keladigan ajoyib taom retseptini taqdim etamiz.

Bunday taomni tayyorlash juda maroqli va qiziqarli. Tovuq go’shti, baqlajon va motsarella pishlog’i uyg’unlashuvi juda mazali ta’mni hosil qiladi. Ha aytgancha, pomidorli qayla esa ushbu taomga sersuvlik baxsh etadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta tovuq filesi
1 ta baqlajon
200 gramm motsarella pishlog'i
100 mililitr o'simlik yog'i
pomidorli qayla uchun
500 gramm pomidor
1 ta piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra italyancha xushbo'y ziravorlar
Qadam 1
Tugallandi

Pomidorli qayla tayyorlaymiz. Idishga 50 ml o'simlik yog'i quyib, maydalangan piyozni solamiz va yumshagunicha qovuramiz. Maydalangan sarimsoqpiyoz solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidorni po'stlog'idan ajratib, to'rtburchak shaklida to'g'raymiz va qovurilayotgan mahsulotlarga solamiz. Ziravorlar sepib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidor pastasi solib, o'rtacha olovda 7-10 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qo'l blenderida pomidorli qaylani yaxshilab, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Baqlajonlarni yuvib, qalin bo'laklarga bo'lamiz. Tuzlab, quruq gril tovasida qovurib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovuq filesini ortiqcha suyaklardan ajratib, tuz va murch sepamiz. O'simlik yog'ini suritib, ikki taraflama gril tovasida qovurib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Toblatma uchun mo'ljallangan qolipga baqlajonlarni joylashtiramiz. Pomidorli qaylani yarimini solib, ustidan tovuq go'shtini qo'yamiz. Ustidan yana pomidor qaylasini quyib, ustiga parraklarga bo'lingan yoki qirg'ichning yirik tishidan o'tkazilgan motsarella pishlog'ini solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa qizargunicha pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta tovuq filesi
1 ta baqlajon
200 gramm motsarella pishlog'i
100 mililitr o'simlik yog'i
pomidorli qayla uchun
500 gramm pomidor
1 ta piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra italyancha xushbo'y ziravorlar
oldingi
Videoretsept: vanilli keks
keyingi
Videoretsept: «Brauni» pechenyesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.