fbpx
Apelsinli keks

Apelsinli keks

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • Qiyomiga

Yo’nalishlar

Ko’pchilik orziqib kutgan apelsinlar mavsumi ham yaqinlashib qoldi. Bu safargi darsimizda sizlarga hidi dimog’ingizni qitiqlovchi, mayin va og’zingizda erib ketadigan, tarkibiga apelsin sharbati va po’stlog’i qo’shilgan keksni taqdim qilamiz.

Bundan tashqari pishirig’imizni ustidan apelsin sharbatidan tayyorlangan qiyomni quyib chiqishimiz, keksning har bir bo’lagiga tasvirlab berish juda qiyin bo’lgan ta’m beradi. Ishoning, bir safar tayyorlashning o’zi bu keksning sevimli pishiriqlaringiz qatoridan joy egallashiga shubha yo’q!

Masalliqlar:

Xamiriga
1 dona apelsin
150 gr sariyog'
150 gr shakar
3 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
250 gr un
2 choy qoshiq qabartma
Qiyomiga
0.5 ta apelsin sharbati
3 osh qoshiq shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

1-qadam

Apelsin po'sti archilib, sharbati siqib chiqariladi.

Qadam 2
Tugallandi

2-qadam

Xona haroratidagi sariyog' shakar bilan oqargunicha ko'pirtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

3-qadam

Bittadan tuxum solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
So'ng apelsin sharbati, po'stlog'i va vanil ekstrakti solinadi.

Qadam 4
Tugallandi

4-qadam

Un qabartma bilan aralashtirilib, suyuq massaga solinadi.
Yaxshilab aralashtiriladi va oldindan yog' surtib qo'yilgan, keks uchun mo'ljallangan qolipga quyiladi.

Qadam 5
Tugallandi

5-qadam

Qizib turgan duxovkada 180 C issiqlikda25-30 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Qadam 6
Tugallandi

6-qadam

Apelsin sharbati shakar upasi bilan silliq holatga kelguncha yaxshilab aralashtiriladi.
Sovigan keksni ustidan tayyor qiyom quyiladi. Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va har doim yangi retseptlarimiz markazida bo'ling.

  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga
1 dona apelsin
150 gr sariyog'
150 gr shakar
3 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
250 gr un
2 choy qoshiq qabartma
Qiyomiga
0.5 ta apelsin sharbati
3 osh qoshiq shakar upasi
oldingi
Vitaminli salat
keyingi
Shokoladli salyami

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.