Anjirli chizkeyk
Masalliqlar:
-
Asosi (shokoladli sable)siga:
-
75 gramm sariyog'
-
60 gramm shakar upasi
-
1 ta tuxum sarig'i
-
120 gramm un
-
20 gramm kakao
-
bir chimdim tuz
-
1/4 choy qoshiq dolchin
-
Pishloqli qavatiga:
-
600 gramm tvorogli pishloq
-
110 gramm shakar
-
2 ta tuxum sarig'i
-
120 gramm qaymoq
-
35 gramm limon sharbati
-
2 choy qoshiq limon sedrasi
Yo’nalishlar
Tvorogli pishloqdan tayyorlangan, usti anjirlar bilan bezatilgan mana bunday chizkeyk har qanday odamni ishtahasini ochib yuborishi aniq!
Biz quyidagi retseptimizni juda oson va tushunarli qilib berdik, demak, tayyorlash jarayonida qiyinchiliklarga uchramaysiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 55 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Asosi (shokoladli sable)siga: |
|
75 gramm sariyog' | |
60 gramm shakar upasi | |
1 ta tuxum sarig'i | |
120 gramm un | |
20 gramm kakao | |
bir chimdim tuz | |
1/4 choy qoshiq dolchin | |
Pishloqli qavatiga: |
|
600 gramm tvorogli pishloq | |
110 gramm shakar | |
2 ta tuxum sarig'i | |
120 gramm qaymoq | |
35 gramm limon sharbati | |
2 choy qoshiq limon sedrasi |
Xamirli asosini tayyorlab olamiz:
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar bilan birga aralshtirib olamiz.
Tuxum sarig'ini solib, yana bir bor aralashtiramiz.
Ustidan un, kakao, tuz, dolchinni solamiz va tezda xamir qorib olamiz.
Xamirni aylana shaklga keltirib, yelim xaltaga solamiz va 1 soat yoki 1 kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamirni ikkita pergament qog'oz o'rtasiga qo'yib, 3-5 mm qalinlikda Sanchiq yordamida xamirni yoyib olamiz. Pechga qo'yib, 175 С darajada qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Korjni issiqligida qolip kattaligiga mos qilib kesib chiqamiz.
Pishloqlia asosini tayyorlaymiz:
Xona haroratidagi pishloqni va shakarni lopatkacha bilan aralashtirib olamiz. Bittadan tuxum sarig'ini solib, aralashtirib olamiz.
Tavsiya: chizkeyk tayyorlashda mikserdan foydalanish mumkin emas, ko'p aralashtirish natijasida massa havo pufakchalari bilan to'lib, natijada pishish jarayonida yorilib ketishi mumkin.
So'ng limon sharbati, sedrasi va qaymoqni ham solamiz. Aralashtirib olamiz.
Aylanasi 18-20 sm li qolipga sariyog' surtib, ichiga korjni qo'yamiz va ustidan pishloqli massani quyamiz.
Qolipning tagini folga qog'oz bilan yopamiz. Pech patnisiga qaynoq suv quyamiz va ustidan chizkeyk solingan qolipni qo'yamiz. 130 C darajada qizigan pechga 120 daqiqaga yuboramiz.
Tayyor bo'lgan chizkeykni sovutib, 6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Tortishdan oldin chizkeyk ustini ikkiga bo'lingan anjirlar bilan bezatib chiqamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Asosi (shokoladli sable)siga: |
|
75 gramm sariyog' | |
60 gramm shakar upasi | |
1 ta tuxum sarig'i | |
120 gramm un | |
20 gramm kakao | |
bir chimdim tuz | |
1/4 choy qoshiq dolchin | |
Pishloqli qavatiga: |
|
600 gramm tvorogli pishloq | |
110 gramm shakar | |
2 ta tuxum sarig'i | |
120 gramm qaymoq | |
35 gramm limon sharbati | |
2 choy qoshiq limon sedrasi |