fbpx
Batafsil fotoretsept: Kulichlar

Batafsil fotoretsept: Kulichlar

Masalliqlar:

  • Qiyomi uchun:

Yo’nalishlar

Ruslarning bayrami ham yaqinlashib qoldi, bizlar ko’p marotaba kulichlarni ko’ramizu, ularni qanday tayyorlanilishini bilmaymiz, ammo juda qiziqamiz.Sizlarga tasavvur uyg’onishi uchun ham bugun kulichlarni tayyorlashni ko’rsatib o’tamiz.

Masalliqlar:

200 millilitr sut
10 gramm quruq xamirturush
6 ta tuxum
200 gramm shakar
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq vanil ekstrakti
1 dona limon po'sti
1-2 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Qiyomi uchun:
250 gramm shakar upasi
2 ta tuxum oqi
2 choy qoshiq limon sharbati
har xil bezaklar
Qadam 1
Tugallandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Iliq sutga xamirturush va bir choy qoshiq shakarni solib aralashtiramiz.

Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishga tuxumni chaqib solamiz, ustidan shakar, tuz va vanil ekstraktini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxumli aralashmaga oparani solamiz va aralashtiramiz.

So'ng unni yarmini belab solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashma ustidan limon po'sti va muskat yong'og'ini solamiz.

Mikserning xamirga mo'ljallangan spiralsimon uchligi bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Unning qolgan qismini solib xamir qoramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir suyuq va yopishqoq bo'lishi, bu normal holatdir, xavotirga o'rin yo'q.

Shu bosqichda quritilgan meva(tsukat)lar va mayiznio solamiz.

Mayizni solishdan avval 15 daqiqaga qaynoq suvga ivitib qo'ying. So'ng ortiqcha suvini siqib, xamirga soling.

Qadam 8
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni olib xamirga solamiz.

SAriyog'ni hammasini solib, yaxshilab aralshtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamir ustini oziq-ovqat pelyonkasi va sochiq bilan yopamiz, 2 soatga iliqroq joyga olib qo'yamiz.

Kulichlar uchun xamir sovuq va yelvizakli joylardan qo'rqishi sabab ham, xamirni gaz pechiga solib qo'yishingiz mumkin.

Avval gaz pechini birozgina qizdirib oling, taxminan 40 С darajada.

So'ng gaz pechini o'chirib, xamirni shu pechga solib qo'ying.

Qadam 10
Tugallandi

Xamir ikki hissa oshgandan so'ng esa, kulichlar uchunqolipchalarni tayyorlayvering.

Buning uchun qog'ozli, tunukali yoki silikonli qolipchalardan foydalanishingiz mumkin.

Agarda siz tunukali qolipchalardan foydalansangiz, unda ularning ichidan albatta qog'ozli qolipchalarni ham qo'ying.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirni bo'lakchalarga bo'lamiz, aylana shaklga keltirib qolipchalarning teng yarmigacha solamiz.

Qolipdagi xamirlar yana biroz oshishi uchun ularni iliqroq joyga yana ozroq qo'yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Xamirning balandligi qolip bilan tenglashsa - demak u pishirishga tayyor.

Qadam 13
Tugallandi

180 c darajada qizdirilgan gaz pechida kulichlarni 40-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan-pishmaganligini gugurt cho'p yordamida tekshirib olamiz.

Agar kulichlarning usti vaqtidan oldinroq qizarsa, unda ularni ustini zar qog'oz(folga) yordamida yopib qo'ying.

Qadam 14
Tugallandi

Pishgan kulichlarni sovutib olamiz va ta'bga qarab bezatamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Biz ularni shakarli qiyom bilan bezatdik.

Ikkita tuxum oqini ko'pirtiramiz, oz-ozdan shakar upasi va limon sharbatini solamiz.

Ozroq vanil ekstraktini ham solish mumkin.

Qadam 16
Tugallandi

Kulichlarni ustini shakarli qiyom va har xil bezaklar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 millilitr sut
10 gramm quruq xamirturush
6 ta tuxum
200 gramm shakar
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq vanil ekstrakti
1 dona limon po'sti
1-2 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Qiyomi uchun:
250 gramm shakar upasi
2 ta tuxum oqi
2 choy qoshiq limon sharbati
har xil bezaklar
oldingi
Shovul sho’rva
keyingi
Videoretsept: Afg’oncha napoleon

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.