Videoretsept: olma va yong’oqli rulet
Masalliqlar:
-
Nachinka uchun
-
6 ta o'rtacha olma
-
1 ta limon sharbati
-
70 gramm shakar
-
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
50 gramm maydalangan yong'oq
-
Biskvit uchun
-
4 ta tuxum
-
80 gramm shakar
-
100 gramm un
-
5 gramm Dr. Bakers qabartmasi
-
40 millilitr o'simlik yog'i
-
bir chimdim tuz
-
Krem uchun
-
300 gramm tvorogli pishloq
-
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
50 gramm shakar upasi
-
8 gramm Dr. Bakers vanil shakari
Yo’nalishlar
Bu shirinlikdagi karamellangan olma, havoli biskvit, mayin krem va yong’oqlarning ajoyib uyg’unlikli hayratda qoldiradi. Rulet ko’pqavatliligiga qaramay oson va hamyonbop masalliqlardan tayyorlanadi.
Bu retseptda biz Dr. Bakers mahsulotlaridan foydalandik — bu biz sevib ishlatadigan Dr. Oetker pishiriqlar uchun mahsulotlarining yangi nomi. Brendning nomi o’zgargan bo’lsada, sifati o’sha-o’sha baland darajada qoldi. Qadoqlar dizayni ham o’zgarmadi, shuning uchun Dr. Bakers mahsulotlarini osonlikcha do’konlarda topishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 80 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Nachinka uchun |
|
6 ta o'rtacha olma | |
1 ta limon sharbati | |
70 gramm shakar | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
50 gramm maydalangan yong'oq | |
Biskvit uchun |
|
4 ta tuxum | |
80 gramm shakar | |
100 gramm un | |
5 gramm Dr. Bakers qabartmasi | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz | |
Krem uchun |
|
300 gramm tvorogli pishloq | |
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
50 gramm shakar upasi | |
8 gramm Dr. Bakers vanil shakari |
Nachinka tayyorlaymiz
Olmani kubik shaklida to’g’raymiz. Chuqur tovaga solib, shakar va limon sharbati qo’shamiz.
Olmani o’rtacha olovda 5 daqiqa davomida yumshaguncha dimlaymiz. Oxirida kraxmal qo’shib aralashtiramiz.
Biskvit tayyorlaymiz
Chuqur idishda tuxum oqini bir chimdim tuz bilan ko’pirtiramiz. Oz-ozdan shakarni qo’shib, ko’pirtiramiz.
Bir-birdan tuxum sarig’ini qo’shib ko’pirtirishni davom etamiz. O’simlik yog’ini qo’shib aralashtiramiz.
Muhim: quruq masalliqlarni - elangan un va qabartmani aralashtirib, suyuq masalliqlarga qo’shamiz. Xamir cho’kib qolmasligi uchun lopatka yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Patnisga pergament qog’ozini solamiz. Olmani solib, chetidan 2 sm qoldirib, list ustida tekislaymiz.
Olma ustiga biskvit xamirini solib, tekislaymiz.
180º С darajada 30 daqiqa davomida pishiramiz. Tayyor biskvitni yangi pergament qog’oziga aylantirib, butunlay sovutamiz.
Krem tayyorlaymiz
Idishda qaymoq, shakar upasi va vanil shakarini birlashtiramiz. Qaymoq quyulguncha mikser yordamida ko’pirtiramiz.
Tvorogli pishloq qo’shib, ko’pirtirishni davom etamiz.
Sovugan biskvitga krem surtib, maydalangan yong’oq sepib rulet shaklida o’raymiz.
Ruletni pergament qog’oziga o’rab sovutgichga 2 soatga qo’yamiz.
Masalliqlar:
Nachinka uchun |
|
6 ta o'rtacha olma | |
1 ta limon sharbati | |
70 gramm shakar | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
50 gramm maydalangan yong'oq | |
Biskvit uchun |
|
4 ta tuxum | |
80 gramm shakar | |
100 gramm un | |
5 gramm Dr. Bakers qabartmasi | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz | |
Krem uchun |
|
300 gramm tvorogli pishloq | |
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
50 gramm shakar upasi | |
8 gramm Dr. Bakers vanil shakari |