Azu – tatarcha mol go’shtidan ajoyib taom
Masalliqlar:
-
500 gramm mol go'shti
-
600 gramm kartoshka
-
3 ta tuzlangan bodring
-
1 ta piyoz
-
2 ta pomidor
-
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
-
1 osh qoshiq pomidor pastasi
-
1 osh qoshiq un
-
yarim bog' kashnich
-
ta'bga qarab tuz
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga qarab qora murch
-
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Tatarcha mol go’shtidan tayyorlaniladigan bu taom mazali va juda to’yimli bo’lib, birozgina nordonroq ta’mga ham egadir. Ayniqsa bu taom erkaklarga juda ham yoqadi.
Bu taomning afzal tomoni nimada deysizmi? Bu taomni bir necha xil usulda tayyorlasa bo’ladi, masalan, kartoshkani o’rniga guruch yoki grechka solib, umuman yangicha ta’mga ega taom tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti | |
600 gramm kartoshka | |
3 ta tuzlangan bodring | |
1 ta piyoz | |
2 ta pomidor | |
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1 osh qoshiq un | |
yarim bog' kashnich | |
ta'bga qarab tuz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab qora murch | |
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Go'shtni uzunligi 5 sm, qalinligi 1 sm da somoncha shaklida to'g'rab olamiz.
Tovaga ikki osh qoshiq o'simlik yog'i solamiz va qizdiramiz.
Go'shtni o'rtacha olovda qizartirib qovuramiz.
Ustidan go'shtni qoplagunicha qaynoq suv solamiz.
Tovani qopqog'ini yopib, go'sht yumshagunicha dimlab qo'yamiz.
Go'sht pishgandan so'ng, qopqog'ini ochib olovni balandlatamiz, qolgan suvi bug'ga aylanib ketishi uchun.
To'g'ralgan piyoz va unni solamiz va aralashtiramiz.
Piyoz yumshagunicha qovuramiz.
Pomidorlarni po'stidan tozalaymiz, qirg'ichdan o'tkazamiz va go'shtni ustidan solamiz.
Pomidor pastasini ham solamiz.
So'ng hammasini birga 5 daqiqacha dimlaymiz.
Sho'r bodringni ham somoncha shaklida to'g'raymiz va tovaga solamiz, yana 5 daqiqa dimlab olamiz.
Go'shtni dimlayotgan vaqtda kartoshkani archamiz va uzun somoncha shaklida to'g'rab olamiz. Unchalik ham yupqa kesmang, ezilib ketishi mumkin.
Alohida tovaga yog' solib, kartoshkani qovurib olamiz.
Qovurish jarayonida kartoshkaga biroz tuz sepamiz.
Kartoshkani go'shtning ustiga solib aralashtiramiz va 5 daqiqa dimlab qo'yamiz.
Ustidan ko'katlar, ta'bga qarab sarimsoqpiyoz va achchiq qalampir solamiz.
Tayyor ovqatga 5-7 dam beramiz. So'ng esa dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti | |
600 gramm kartoshka | |
3 ta tuzlangan bodring | |
1 ta piyoz | |
2 ta pomidor | |
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1 osh qoshiq un | |
yarim bog' kashnich | |
ta'bga qarab tuz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab qora murch | |
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |