fbpx
Videoretsept: tunets balig’idan salat

Videoretsept: tunets balig’idan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Lazzatli, to’yimli, foydali, yengil va tez tayyorlanadigan — bu barchasi, konservalangan tunets balig’i, sabzavotlar va zaytun qo’shilgan salat haqida. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 75 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm konservalangan tunets balig'i
300 gramm pekin karami
12 dona pomidor cherry
12 dona zaytun mevasi
3 ta tuxum
20 millilitr zaytun yog'i
20 millilitr soya qaylasi
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
10 millilitr limon sharbati
quritilgan rayhon
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni qaynatib, pishiramiz. Sovutib, tozalab, to’rtga bo’lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pekin karamini mayda qilib to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Cherri pomidorlari va zaytun mevalarini ikkiga bo’lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Konservalangan tunetsning suyuqligini to’kamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishda zaytun yog’i, soya qaylasi, limon sharbati, quritilgan rayhon va pressdan chiqarilgan sarimsoqpiyozni aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Salat uchun chuqur idishda barcha masalliqlarni birlashtiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 5
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm konservalangan tunets balig'i
300 gramm pekin karami
12 dona pomidor cherry
12 dona zaytun mevasi
3 ta tuxum
20 millilitr zaytun yog'i
20 millilitr soya qaylasi
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
10 millilitr limon sharbati
quritilgan rayhon
oldingi
Batafsil fotoretsept: glazurli pryaniklar
keyingi
Videoretsept: tovuqdan ruletchalar pishloq bilan

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.