Videoretsept: mayiz va yong’oqli apelsinlik keks
Masalliqlar:
-
100 gramm o'simlik yog'i
-
100 gramm shakar
-
100 millilitr apelsin sharbati
-
70 gramm yong'oq
-
100 gramm mayiz
-
50 millilitr damlangan achchiq qahva
-
1 ta apelsin sedrasi
-
100 millilitr gazlangan suv
-
270 gramm un
-
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1 choy qoshiq qabartma
Yo’nalishlar
Ushbu yong’oq va mayizli, apelsin iforli keks juda lazzatlidir. Salqin kechalarda bir piyola choy bilan mukammaldir.
Mayiz o’rniga boshqa quruq mevalarni solish mumkin, yong’oqlarni esa maydalash kerak emas, kattaroq bo’laklari sezilsa mazzaliroqdir.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm o'simlik yog'i | |
100 gramm shakar | |
100 millilitr apelsin sharbati | |
70 gramm yong'oq | |
100 gramm mayiz | |
50 millilitr damlangan achchiq qahva | |
1 ta apelsin sedrasi | |
100 millilitr gazlangan suv | |
270 gramm un | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq qabartma |
Mayizni yuvib, ustiga qaynoq qahva quyib, 20-30 daqiqaga qoldiramiz.
Katta idishda o’simlik yog’i, shakar, apelsin sharbati, sedrasi va gazlangan suvni aralashtiramiz.
Suyuq masalliqlarga elangan un, soda, qabartma va dolchin qo’shib, barcha masalliqlar birikguncha aralashtiramiz.
Qahva bilan mayizni, va yong’oqlarni qo’shib, aralashtiramiz.
Pergament qog’ozi solingan 22х12х7 sm diametrlik qolipga xamirni quyamiz.
180С gacha qizdirilgan pechga 50-60 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
100 gramm o'simlik yog'i | |
100 gramm shakar | |
100 millilitr apelsin sharbati | |
70 gramm yong'oq | |
100 gramm mayiz | |
50 millilitr damlangan achchiq qahva | |
1 ta apelsin sedrasi | |
100 millilitr gazlangan suv | |
270 gramm un | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq qabartma |