Videoretsept: pasxa keksi
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
200 gramm un
-
200 gramm shakar
-
150 gramm sariyog'
-
3 ta tuxum
-
3 osh qoshiq smetana
-
1 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma
-
50 gramm yong'oq
-
100 gramm mayiz
-
300 millilitr qaynoq suv
-
ta'bga ko'ra Dr.Oetkerdan sepish uchun rang-barang bezaklar
-
glazuri uchun
-
1 ta tuxum oqi
-
120 gramm shakar upasi
-
1 choy qoshiq limon sharbati
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Xamirturushli kulichlardan ancha tez tayyor bo’ladigan pasxa kekslarini tayyorlashni maslahat beramiz. Bunday kekslar juda mayin, mazali va xushbo’y bo’lib chiqadi.
Ovqatdan so’ng oilaviy choy ichishlar uchun ajoyib shirinlik!
Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
200 gramm un | |
200 gramm shakar | |
150 gramm sariyog' | |
3 ta tuxum | |
3 osh qoshiq smetana | |
1 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma | |
50 gramm yong'oq | |
100 gramm mayiz | |
300 millilitr qaynoq suv | |
ta'bga ko'ra Dr.Oetkerdan sepish uchun rang-barang bezaklar | |
glazuri uchun |
|
1 ta tuxum oqi | |
120 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
bir chimdim tuz |
Mayizni qaynoq suvga 10-15 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz.
Sariyog'ni idishda eritamiz.
Idishga shakar va tuxum solib, 5 daqiqa ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirishni davom etgan holda 50 gramm un va qabartma solamiz.
Ko'pirtirishda davom etgan holda ingichka qilib eritilgan sariyog' solib, qolgan un (150 gramm) va smetana solamiz.
Yong'oqni maydalab, mayizning suvini to'kib tashlaymiz.
Tayyor xamirga mayiz va yong'oqlarni solib, lopata yordamida aralashtiramiz.
Tayyor xamirni diametri 7 sm, uzunligi 8 smli 3 ta qolipga solamiz.
Maslahat: xamirni oshishini inobatga olib, qolipni to'ldirmay, 2 sm joy qoldirgan holda quyamiz.
Qoliplarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz. Keks pishganini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.
Glazur tayyorlaymiz:
Tuxum oqiga bir chimdim tuz solib, oq ko'pik hosil bo'lgunicha ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirishni to'xtatmay shakar upasini solib, yana 5-7 daqiqa ko'pirtiramiz.
So'ngra limon sharbatini solib, yana 2 daqiqa ko'pirtiramiz.
Maslahat: cho'ziluvchan oq massa hosil bo'lishi lozim.
Tayyor kulichlarni sovutib, qolipdan olamiz. Agar qolipingiz qog'ozli bo'lsa, ajratmasangiz ham bo'ladi.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
200 gramm un | |
200 gramm shakar | |
150 gramm sariyog' | |
3 ta tuxum | |
3 osh qoshiq smetana | |
1 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma | |
50 gramm yong'oq | |
100 gramm mayiz | |
300 millilitr qaynoq suv | |
ta'bga ko'ra Dr.Oetkerdan sepish uchun rang-barang bezaklar | |
glazuri uchun |
|
1 ta tuxum oqi | |
120 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
bir chimdim tuz |