fbpx
Videoretsept: oshirma xamirdan shokoladli rulet

Videoretsept: oshirma xamirdan shokoladli rulet

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Kakaoli qatlamga ega ushbu oddiy, mazali va xushbo’y pirog-rulet tayyorlab ko’rishga arziydi.

U choy ichish uchun ayni muddao bo’lib, sizning va oila a’zolaringizning sevimli pishiriqlari orasidan joy olishi aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 37 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
450 gramm un
200 gramm iliq sut
2 ta tuxum
120 gramm shakar upasi
7 gramm quruq xamirturush
80 millilitr o'simlik yog'i
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
nachinkasi uchun
40 gramm un
140 gramm shakar upasi
160 millilitr sut
40 gramm kakao kukuni
20 gramm sariyog'
40 gramm qora shokolad
3 ta tuxum oqi
bir chimdim dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga sut, xamirturush solib, venchik yordamida aralashtiramiz va o'simlik yog'i solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Venchikda aralashtirib turgan holda, 3 osh qoshiq un, shakar upasi solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra bittadan tuxum va tuz solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolgan unni solib, xamir qoramiz va ustini yopishqoq plyonka bilan o'rab, 1 soatga issiq joyga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Idishga tuxum oqi, shakar, bir chimdim dolchin, un va kakao solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Idishga sut solib, olovga qo'yamiz qaynab chiqqanidan so'ng, sariyog'ni shokolad bilan eritamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra sut va shokoladli idishga avvalroq aralashtirgan massamizni solib, aralashtirib turgan holda, past olovda quyilgunicha tahminan 5-7 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oshgan xamirni 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Bir bo'lagini non pishirishga mo'ljallangan qolipga sig'adigan to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyamiz (bizning qolipimiz 12*24)

Qadam 10
Tugallandi

So'ngra xamirga yupqa qilib nachinka surtib, rulet shaklida o'raymiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ruletni yog'langan qolipga qo'yib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va 20 daqiqaga oshishi uchun qoldiramiz. Ikkinchi xamir bo'lagini ham shu tarzda o'raymiz.

Ruletlarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisida ham pishirish mumkin.

Qadam 12
Tugallandi

So'ngra rulet ustiga tuxum sarig'i va tuxumli aralashmani surtib, pichoq yordamida kesmalar hosil qilamiz. 175 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 2
  • O’rtacha
  • 175C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
450 gramm un
200 gramm iliq sut
2 ta tuxum
120 gramm shakar upasi
7 gramm quruq xamirturush
80 millilitr o'simlik yog'i
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
nachinkasi uchun
40 gramm un
140 gramm shakar upasi
160 millilitr sut
40 gramm kakao kukuni
20 gramm sariyog'
40 gramm qora shokolad
3 ta tuxum oqi
bir chimdim dolchin
oldingi
Bodring va brinzali salat
keyingi
Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go’shtli frikadelkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.