Videoretsept: mini-somsalar
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
400 gramm un
-
1 choy qoshiq tuz
-
240 millilitr iliq sut
-
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
-
ustiga surtish uchun tuxum
-
ustiga sepish uchun kunjut
-
nachinkasi uchun
-
200 gramm mol go'shtidan qiyma
-
200 gramm piyoz
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra zira va kashnich
Yo’nalishlar
Go’shtli nachinkaga ega mini-somsalar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. Bunday somsalarni qatlama xamirdan tayyorlashingizni maslahat beramiz.
Do’mboq, xushbo’y, uyda pishirilgan ushbu somsachalar hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 24 500 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
400 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
240 millilitr iliq sut | |
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
ustiga surtish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
nachinkasi uchun |
|
200 gramm mol go'shtidan qiyma | |
200 gramm piyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira va kashnich |
Xamir tayyorlaymiz:
Illiq suvga tuz solib, aralashtiramiz. Un solib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni xona haroratida 40 daqiqa tindiramiz.
Xamir tinganidan so'ng 4 ta bir xil bo'lakka bo'lib, dumaloqlaymiz.
Birinchi bo'lakni 3 millimetr qalinlikda yoyib, ustiga eritilgan margarin surtamiz. Ikkinchi bo'lakni ham yoyib, xamir ustiga qo'yamiz va unga ham eritilgan margarin surtamiz. Huddi shu tarzda qolgan xamirlarni ham ustma-ust qo'yib chiqamiz.
Xamirni konvert shaklida yig'ib, 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Nachinka tayyorlaymiz:
Qiymaga mayda to'g'ralgan piyozni solib, ta'bga ko'ra tuz va murch sepamiz va aralashtiramiz.
Xamirni muzlatgichdan olib, 2 mm qalinlikda yoyib, 2-2,5 sm keladigan to'rtburchaklarga kesib olamiz.
Har bir to'rtburchaklarning o'rtasiga 1 choy qoshiqdan nachinka solamiz.
Uchburchak shaklida tugip, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga terib chiqamiz.
Ustiga tuxum surtib, kunjut sepamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
400 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
240 millilitr iliq sut | |
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
ustiga surtish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut | |
nachinkasi uchun |
|
200 gramm mol go'shtidan qiyma | |
200 gramm piyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira va kashnich |