fbpx
Videoretsept: dolchinli bulochka «Sinnabon»

Videoretsept: dolchinli bulochka «Sinnabon»

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

  • glazuri uchun

Yo’nalishlar

Agar siz ushbu sinnabonlarni ta’tib ko’rsangiz, ularga albatta oshiq bo’lib qolasiz. Mayin havodor xamir va xushbo’y dolchin va krem uyg’unlashuvidan yaxshiroq nima bo’lishi mumkin?

Ushbu sinnabonlarni tanavvul qilish uchun kafega borishingiz shart emas. Axir siz ularni o’zingizning uyingizdagi oshxonada pishirishingiz mumkin, faqat retseptga rioya qiling va shunda sizda ham albatta o’xshaydi!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 58 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
250 millilitr sut
1 ta tuxum
65 gramm eritilgan sariyog'
3 osh qoshiq iliq suv
1 ta Dr.Oetker vanil shakari
450-500 gramm un
bir chimdim tuz
70 gramm shakar
2 osh qoshiq Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
nachinkasi uchun
200 gramm shakar
5 osh qoshiq Dr.Oetker maydalangan dolchini
50 gramm yumshatilgan sariyog'
glazuri uchun
150 gramm tvorogli pishloq
100 gramm shakar upasi
1 osh qoshiq sut
1 osh qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Opara tayyorlaymiz:

Sutni yarimi, suv, 1 osh qoshiq shakar va xamirturushni aralashtiramiz. Ustini sochiq bilan yopib, 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda eritilgan sariyog', qolgan shakar va tuxumni venchik yordamida aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qolgan sut, tuz, un, vanil shakari va oparani solib, yaxshilab aralashtirib, xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni boshqa idishga olib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va issiq joyga xamir ikki baravar oshishi uchun 45-60 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Nachinkasini tayyorlaymiz:

Nachinkaga kerakli barcha mahsulotlarni qoshiq yordamida aralashtiramiz. Nam dengiz qumiga o'xshash aralashma hosil bo'lishi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni yana bir marta qorib, so'ngra qalinligi tahminan 5 mm keladigan to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir ustiga nachinkani bir xil qilib solib, rulet shaklida o'raymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ruletni 4-5 sm qalinlikdagi bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Hosil bo'lgan doirachalarni qolipga bir-biridan 3-5 sm uzoqlikda joylashtirib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Endi bulochkalarni ustini sochiq bilan yopib, 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Oshgan bulochkalarni 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga oltin rang tusga kirgunicha yuboramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Glazurini tayyorlaymiz:

Tvorogli pishloqni shakar upasi bilan aralashtiramiz. Ozroq limon sharbati va sut qo'shib, mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tayyor bulochkalarni 5 daqiqa sovutib, so'ngra ustiga glazur quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
250 millilitr sut
1 ta tuxum
65 gramm eritilgan sariyog'
3 osh qoshiq iliq suv
1 ta Dr.Oetker vanil shakari
450-500 gramm un
bir chimdim tuz
70 gramm shakar
2 osh qoshiq Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
nachinkasi uchun
200 gramm shakar
5 osh qoshiq Dr.Oetker maydalangan dolchini
50 gramm yumshatilgan sariyog'
glazuri uchun
150 gramm tvorogli pishloq
100 gramm shakar upasi
1 osh qoshiq sut
1 osh qoshiq limon sharbati
oldingi
Videoretsept: fransuzcha usulda pishirilgan go’sht
keyingi
Videoretsept: «Yangi yil gulchanbari» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.