
Videoretsept: «dangasa» medovik
Masalliqlar:
- 
                                              korj uchun
- 
                                              150 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
- 
                                              200 gramm shakar
- 
                                              2 osh qoshiq asal
- 
                                              1 choy qoshiq iste'mol sodasi
- 
                                              2 ta tuxum
- 
                                              320 gramm un
- 
                                              kremi uchun
- 
                                              500 millilitr sut
- 
                                              3 ta tuxum
- 
                                              3 osh qoshiq un
- 
                                              200 gramm shakar
- 
                                              1 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Ushbu asalli tortni tayyorlash oson, shuning uchun uni dangasa deb atashadi. Ushbu tortning afzalligi uning tez tayyorlanishidadir.
Ammo bu tortning ta’mi va xushbo’yligi o’sha-o’sha!
Sizga Medovik tortining oddiy retseptini taklif etamiz, klassikidan farqli o’laroq, u ko’rjlarni birma-bir yoyib chiqishni talab qilmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi –30 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
| korj uchun | |
| 150 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
| 200 gramm shakar | |
| 2 osh qoshiq asal | |
| 1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
| 2 ta tuxum | |
| 320 gramm un | |
| kremi uchun | |
| 500 millilitr sut | |
| 3 ta tuxum | |
| 3 osh qoshiq un | |
| 200 gramm shakar | |
| 1 choy qoshiq vanil shakari | |
Sariyog', shakar va asalni idishga solamiz va o'rtacha olovga qo'yamiz.
Aralashtirib turgan holda soda solamiz.
Massa ko'payishini kutib, aralashtirib turamiz. Massa 2 baravar ko'payganidan so'ng, olovdan olamiz.
Boshqa idishga solib, xona haroratigacha sovushini kutamiz. So'ngra tuxum solib, mikserda aralashtiramiz.
So'ngra elangan unni oz-ozdan solib, aralashtiramiz.
Massa bir xil bo'lganidan so'ng, uni pergament qog'ozi bilan qoplangan qolipga quyamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz.
Ko'rjni 4 ga bo'lamiz. Chetlarini kesib, bezak uchun uvoq shakliga keltirib, maydalaymiz.
Krem tayyorlaymiz:
Sutni olovda isitamiz. Boshqa idishda qolgan barcha masalliqlarni aralashtirib, uzunchoq qilib, sutga quyamiz. Past olovga qo'yib, quyilgunicha aralashtirib turamiz.
Ko'rjlarga krem surtib, uvoq sepamiz va 2 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
| korj uchun | |
| 150 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
| 200 gramm shakar | |
| 2 osh qoshiq asal | |
| 1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
| 2 ta tuxum | |
| 320 gramm un | |
| kremi uchun | |
| 500 millilitr sut | |
| 3 ta tuxum | |
| 3 osh qoshiq un | |
| 200 gramm shakar | |
| 1 choy qoshiq vanil shakari | |
 
       
                                   
     
               
              




