fbpx
Videoretsept: «Ilgaridagidek» somsa

Videoretsept: «Ilgaridagidek» somsa

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizga amalda sinalgan somsa retseptini taqdim etmoqchimiz. Qolaversa ushbu somsa retsepti anchagina osonlashtirilgan, chunki uni tayyorlashda biz tayyor xamirdan foydalanamiz.

Asosini esa go’shtdan tayyorlaymiz. Bunday somsalar shunchalik xushbo’y va sersuv bo’lib pishadi-ki, hattoki uni bo’lganingizda ichidan suvi chiqadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Mol go'shti va piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'rab, katta idishda barchasini aralashtiramiz va ziravorlar sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tayyor xamirni oldindan eritib, 50 gramm keladigan bo'laklarga bo'lamiz. Likopchaga qo'yib ustini sochiq bilan yopamiz va 5 daqiqa tindiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Har bir bo'lakni 3-4 millimetr qalinlikda yoyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirning o'rtasiga 1,5 osh qoshiq asos solib, somsani uch burchak shaklida tugamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Somsani pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, tuxum sarig'ini surtamiz va kunjut sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35-40 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagram-dagi rasmiy sahifa - muza.uzb

Reklama huquqi asosida

  • 70 daqiqa
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Alati firmasidan do’lmalar
keyingi
Videoretsept: qumoq xamirda pishirilgan go’shtli rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.