Quritilgan mevalar solib pishirilgan oshirma bulochkalar
Masalliqlar:
-
700 gramm un
-
80 millilitr o'simlik yog'i
-
2 ta tuxum oqi
-
1 choy qoshiq quruq xamirturush
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
300 millilitr iliq sut
-
100 gramm turshak
-
50 gramm mayiz
-
100 gramm sariyog'
-
2 ta tuxum sarig'i
-
bezak uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Dam olish kunlarida quritilgan mevalar bilan pishirilgan mazali bulochkalar pishirib, oilangiz va yaqinlaringizni xursand qiling. Ular nihoyatda xushbo’y bo’lib, o’zida qaymoq va yorqin mevali ta’mlarni birlashtiradi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
700 gramm un | |
80 millilitr o'simlik yog'i | |
2 ta tuxum oqi | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
300 millilitr iliq sut | |
100 gramm turshak | |
50 gramm mayiz | |
100 gramm sariyog' | |
2 ta tuxum sarig'i | |
bezak uchun shakar upasi |
Xamir tayyorlaymiz:
Iliq sutni tagi chuqur idishga quyamiz. Xamirturush va tuz solib, aralashtiramiz.
So'ngra o'simlik yog'i va tuxum oqini solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz. Un solib, xamir qoramiz. Xamirni 1 soatga issiq joyga yuboramiz.
Oshgan xamirni 8-10 ta bir xil bo'laklarga bo'lamiz.
Xamirlarni dumaloqlab, ustini sochiq bilan yopib, 5 daqiqa tindiramiz. So'ngra 2 mm qalinlikda yoyamiz.
Xamir ustiga ozroq yumshatilgan sariyog' surtib, qurtilgan mevalar sepamiz.
Rulet shaklida o'raymiz. Ikki chetinni mahkamlab yopamiz. O'rtasidan kesamiz, ammo oxirigacha olib bormaymiz. Xamirni burab, ikki chetini birlashtiramiz.
Bulochkalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum sarig'ini surtamiz.
Masalliqlar:
700 gramm un | |
80 millilitr o'simlik yog'i | |
2 ta tuxum oqi | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
300 millilitr iliq sut | |
100 gramm turshak | |
50 gramm mayiz | |
100 gramm sariyog' | |
2 ta tuxum sarig'i | |
bezak uchun shakar upasi |