fbpx
Videoretsept: tvorog va malinali pirog

Videoretsept: tvorog va malinali pirog

Masalliqlar:

  • qumoq xamiri uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Agar siz bizning tvorog va malinali pirogimizni tayyorlab ko’rmoqchi bo’lsangiz, unda pirog dasturxondan tez g’oyib bo’lishiga tayyor turing.

Tvorog va malinali ushbu mayin pirog hech kimni befarq qoldirmaydi!

Bunday pirog tvorogli toblatmaga o’xshab ketishi tufayli nonushta uchun ham qo’l keladi, shuningdek choyga qo’shimcha – desert sifatida ham dasturxonga tortish mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
qumoq xamiri uchun
200 gramm un
100 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
100 gramm shakar
1 ta tuxum
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
asosi uchun
300 gramm tvorog
100 gramm smetana
100 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1 ta tuxum
250 gramm malina
Qadam 1
Tugallandi

Qumoq xamir tayyorlaymiz. Idishda un, qabartma va shakarni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unli massaga sovuq maragrinni qirg'ichdan chiqaramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Massani qo'lda maydalab, qumoq shakliga keltiramiz va tuxum solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir qorib, uni dumaloqlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolipni sariyog' bilan ozroq yog'lab, ustiga xamirni qo'lda yoyamiz. Biz 25 sm diametrga ega qolipdan foydalandik.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni sanchqi yordamida teshib chiqib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Korj gaz pechidaligida asosini tayyorlab olamiz. Idishda tvorog, smetana, shakar, vanilin va tuxumni aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qo'l blenderi yordamida massani bir xil qilib, aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Korjni pechdan olib, unga tvorogli massani quyamiz va ustiga quruq malinalarni terib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirogni yana 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pirog sovuganidan so'ng, ustiga shakar upasini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
qumoq xamiri uchun
200 gramm un
100 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
100 gramm shakar
1 ta tuxum
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
asosi uchun
300 gramm tvorog
100 gramm smetana
100 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1 ta tuxum
250 gramm malina
oldingi
Tovuqli dangasa xonim
keyingi
Tayyor xamirdan tayyorlangan Milfey

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.