Shakarli olmali pirog
Masalliqlar:
-
180 gramm un
-
200 gramm shakar150+50 gramm ustiga sepish uchun
-
110 gramm sariyog'50+60 gramm ustiga qo'yish uchun
-
3-4 ta olma
-
150 millilitr sut
-
10 gramm qabartma (razrixlitel)
-
ta'bga ko'ra maydalangan dolchin
-
bir chimdim tuz
-
1 ta tuxum
Yo’nalishlar
Bizning saytimizda olmali piroglar retseptlari juda ko’p, ammo biz bu safar aynan shu retseptga tayanib olmali pirog tayyorlab ko’rishingizni maslahat beramiz. Ushbu pirogni hattoki tajribasiz pazanda ham tayyorlay oladi.
Bunday pirog oilaviy choy ichishlar uchun ayni muddao bo’la oladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 24 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
180 gramm un | |
200 gramm shakar | |
110 gramm sariyog' | |
3-4 ta olma | |
150 millilitr sut | |
10 gramm qabartma (razrixlitel) | |
ta'bga ko'ra maydalangan dolchin | |
bir chimdim tuz | |
1 ta tuxum |
22 smli qolipni yog'lab, un sepamiz. Gaz pechini 180 C darajada qizdiramiz.
Olmalarni yuvib, o'rtadagi o'zagidan ajratamiz, po'stnini shilmaymiz.
Unni qabartma bilan aralashtiramiz.
Tuxumni 150 gramm shakar bilan ko'pirtiramiz.
50 gramm yumshagan sariyog' solib, yana ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirishni to'xtatmagan holda sut solamiz.
Ushbu aralashmaga qabartmali unni elakdan o'tkazib solamiz. Yaxshilab aralashguniga qadar aralashtiramiz.
Xamirni qolipga solib, tekkislaymiz. Xamirning qavati 2-2,5 smdan oshishi kerak emas.
Olma bo'laklarini xamir ustiga tiqib, terib chiqamiz. Olmalar qancha ko'p bo'lsa, pirog shuncha mazali chiqadi.
Ustiga qolgan shakarni (50 gr) sepib, ta'bga ko'ra dolchin ham sepamiz. Pirog ustiga qolgan sariyog'ni ham (60 gr) to'rtburchak shaklida to'g'rab, qo'yib chiqamiz.
Masalliqlar:
180 gramm un | |
200 gramm shakar | |
110 gramm sariyog' | |
3-4 ta olma | |
150 millilitr sut | |
10 gramm qabartma (razrixlitel) | |
ta'bga ko'ra maydalangan dolchin | |
bir chimdim tuz | |
1 ta tuxum |