fbpx
  • Asosiy
  • Quyuq taomlar
  • Videoretsept: taxta tayoqchalarda pishirilgan tovuq go’shtidan kabobchalar
Videoretsept: taxta tayoqchalarda pishirilgan tovuq go’shtidan kabobchalar

Videoretsept: taxta tayoqchalarda pishirilgan tovuq go’shtidan kabobchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Taxta tayoqchalarda pishirilgan tovuq go’shtidan kabobchalar  bolalarning eng sevimli taomlaridan biridir. Ushbu taom bolalar bayrami stoli hamda ovqatlanishdan bosh tortadigan bola uchun ajoyib topilma bo’la oladi.

Kaboblarga qo’shimcha sifatida ketchup yoki qayla, yengil sabzavotli salat yoki yanada to’yimliroq guruch yoki kartoshka taqdim etishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500-600 gramm tovuq filesi
300 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta limon sharbati
3 choy qoshiq asal
3 osh qoshiq soya qaylasi
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
8-10 ta taxta tayoqchalar
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini tahminan 2ga 2 smli bo'lakchalarga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda soya qaylasi, o'simlik yog'i, paprika, tuz, murch, asal, limon sharbati va pressdan o'tkazilgan sarimsoqpiyozni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashmani tovuq go'shti ustidan quyib, 2-3 soatga qoldiramiz

Qadam 4
Tugallandi

Taxta tayoqchalarni sovuq suvga 30 daqiqaga uvitib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Bulg'or qalampirilarini 1,5 ga 1,5 smli to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Taxta tayoqchalarga tovuq go'shti va bulg'or qalampirilarini navbatma-navbat tiqib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor kabobchalarni gaz pechi patnisi yoki qolipga terib, 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz. Istalgan garnir bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)

Sayt: invento.uz
Telegram: t.me/inventouz
Instagram: instagram.com/inventouz
Facebook: facebook.com/inventouz

Telefon: 71 210 9999
Manzil: Shayxontoxur tumani, Furqat ko'chasi, Tashkent City

reklama huquqi asosida

  • Portsiya 5
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500-600 gramm tovuq filesi
300 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta limon sharbati
3 choy qoshiq asal
3 osh qoshiq soya qaylasi
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
8-10 ta taxta tayoqchalar
oldingi
Xinkalilarni qanday pishirish kerak +3 xil qayla
keyingi
Videoretsept: yong’oqli pirog «Mishka»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.