fbpx
Kartoshkali kotletlar

Kartoshkali kotletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yumshoqqina pyure va mazali asos solib pishiriladigan hozirgi kotletlarimizni kutib oling. Kechga yengil va mayin ta’mli taomni xohlovchilar uchun ajoyib tanlov bo’lishi aniq.

Bu taomni bolajonlarga ham tayyorlab bersangiz bo’ladi.

Masalliqlar:

600 gramm kartoshka
40 gramm sariyog'
100 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm shampinyon
1 dona tuxum
1 osh qoshiq zaytun moyi
4 bo'lak cheddar pishlog'i
12 dona mayiz
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkani po'stidan archib, tuzli suvda pishgunicha qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Kartoshka pishgunicha qo'ziqorinlarni tayyorlab olamiz. Qo'ziqorinlarni uzunchoq to'g'rab olib, yog' solingan tovada qovurib olamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qo'ziqorinlarni likopchaga solib, shu tovada qiymani pishgunicha qovurib olamiz. Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxumni yaxshilab qaynatib olamiz, sovutib mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tog'orachaga qiyma, qo'ziqorin va tuxumni solib aralashtiramiz va ustidan mayizni ham solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Pishgan kartoshkani boshqa idishga olamiz, ustidan sariyog'ni solib, birgalikda pyure holatiga keltiramiz. Muhim! Bu retseptda sut solinmaydi. Pyure quyuq bo'lishi kerak. Agar lozim bo'lsa, unda yarim piyolacha kartoshkani qaynagan suvidan soling.

Qadam 7
Tugllandi

Oziq-ovqat pelyonkasga ikki osh qoshiqdan pyure, o'rtasiga bir osh qoshiqdan asos va ustidan yana ikki osh qoshiqdan pyure solib, oval shakl beramiz.

Qadam 8
Tugllandi

Kartoshkali kotletlarni gaz pechiga chidamli qolipga solamiz. Ustidan bir plastinkadan yumshoq pishloq qo'yamiz.

Qadam 9
Tugllandi

180 c da qizdirilgan gaz pechida, pishloq eriguncha, taxminan 5 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Taomni salatlar bilan birga dasturxonga torting. Yoqimli ishataha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

600 gramm kartoshka
40 gramm sariyog'
100 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm shampinyon
1 dona tuxum
1 osh qoshiq zaytun moyi
4 bo'lak cheddar pishlog'i
12 dona mayiz
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Rayhondan tayyorlanilgan yaxna limonad
keyingi
Yashil no’xatdan tayyorlanilgan quyuq sho’rva

Fikringiz