Videoretsept: tvorogli toblatma-sufle
Masalliqlar:
-
500 gramm 5-9 % li tvorog
-
4 ta tuxum
-
150 gramm smetana
-
80 gramm bug'doy yormasi
-
80 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
dasturxonga tortish uchun istalgan rezavor mevalar
Yo’nalishlar
Bolachalar foydali tvorogni iste’mol qilishni istamasliklari hech kimga sir emas. Ularni bunga majburlamasligingizni, aksincha, ushbu ajoyib toblatmani tayyorlab berishingizni maslahat beramiz. Uni ta’tib ko’rishgandan so’ng, bolachalar yana qo’shimcha so’rashlari aniq.
Ushbu toblatmani bolangizning hoxushiga ko’ra, shokolad, smetana, quyultirilgan sut quyib, yoki rezavor mevalar bilan taqdim etishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 37 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm 5-9 % li tvorog | |
4 ta tuxum | |
150 gramm smetana | |
80 gramm bug'doy yormasi | |
80 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
dasturxonga tortish uchun istalgan rezavor mevalar |
Tuxumni oqidan sarig'ini ajratamiz. Oqini shakar bilan qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtirib olamiz.
Tuxum sarig'iga tvorog, bug'doy yormasi, smetana va vanil shakari solib, yaxshilab aralashtiramiz.
So'ngra hosil bo'lgan massaga tuxum oqini solib, ehtiyotkorlik bilan "tepadan pastga" harakatlari bilan lopata yordamida aralashtiramiz.
18 santimetrli qolip (hatto silikon qolip bo'lsa ham) tagi va yonlarini sariyog' bilan yog'laymiz va ozroq bug'doy yormasini sepamiz.
Massani qolipga solib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.
Sizga va kichkintoylarga yoqimli ishtaha!
Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)
Sayt: invento.uz
Telegram: t.me/inventouz
Instagram: instagram.com/inventouz
Facebook: facebook.com/inventouz
Telefon: 71 210 9999
Manzil: Shayxontoxur tumani, Furqat ko'chasi, Tashkent City
reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
500 gramm 5-9 % li tvorog | |
4 ta tuxum | |
150 gramm smetana | |
80 gramm bug'doy yormasi | |
80 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
dasturxonga tortish uchun istalgan rezavor mevalar |