fbpx
Videoretsept: vanilli keks

Videoretsept: vanilli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Keksning ko’pi bo’lmaydi! Shuning uchun bugun sizlar bilan ajoyib keks retsepti bilan baham ko’rmoqchimiz – nozik, xushbo’y, ajoyib tuzilishga ega ushbu kekslar shubhasiz sizga yoqishi aniq.

Pishish jarayonida keks yaxshigina oshadi. Shuning uchun qolipni 2/3 qismidan ko’p to’ldirmasligingizni maslahat beramiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 17 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
150 gramm shakar
4 ta tuxum
100 gramm smetana
240 gramm un
10 gramm qabartma (razrixlitel)
2 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
40-50 gramm istalgan shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Yumshoq margarinni shakar, vanil shakari va bir chimdim tuz bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bittadan xona haroratidagi tuxumlarni chaqib, yana yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Smetana solib, massa bir xil bo'lgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ehtiyotkorlik bilan un va qabartmani solib, lopata yordamida yoki mikserning eng past tezligida aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirga shokolad tomchilari (yoki bo'laklarga bo'lingan shokoladni) solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni yog'langan va un sepilgan qolipga quyib, 175-180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 50-60 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor keksni ozroq sovutib, qolipdan olamiz. Ustiga shakar upasini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 15 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
150 gramm shakar
4 ta tuxum
100 gramm smetana
240 gramm un
10 gramm qabartma (razrixlitel)
2 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
40-50 gramm istalgan shokolad
oldingi
Gaz pechida pishirilgan gulkaram
keyingi
Baqlajon va pishloq bilan pishirilgan tovuq go’shti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.