Mini pankeyklar
Masalliqlar:
-
230 millilitr sut
-
200 gramm un
-
2-3 osh qoshiq shakar
-
1 ta tuxum
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'iyoki eritilgan sariyog'
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
ta'bga ko'ra vanil shakari
Yo’nalishlar
So’nggi trendga amal qilgan holda, butun dunyoga mashhur mini pankeyklar tayyorladik. Ularni nonushtaga sut quyib, yong’oq va rezavor mevalar bilan birga iste’mol qilsa ham bo’ladi.
Yana bir variant: pankeyklarni rezavor mevalar bilan taxta tayoqchalarga tiqib chiqib dasturxonga torting. Bunday nonushtadan na kattalar, va na kichkintoylar bosh tortishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 6 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
230 millilitr sut | |
200 gramm un | |
2-3 osh qoshiq shakar | |
1 ta tuxum | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
ta'bga ko'ra vanil shakari |
Venchik yordamida barcha quruq masalliqlarni aralashtiramiz: un, shakar, qabartma, tuz va vanil shakari.
Alohida barcha suyuq masalliqlarni aralashtiramiz: sut, yog', tuxum.
Quruq va suyuq masalliqlarni venchik yordamida aralashtiramiz. Hosil bo'lgan aralashmani konditer qopchasiga yoki qalin paketga solamiz.
Tagi olmaydigan tova yoki blinchik pishirishga mo'ljallangan tovani qizdirib, so'ngra tagini o'rtachadan pastroq qilib pasaytiramiz.
Konditer qopchasi uchini ozroq teshib, tovaga diametri 1-1,5 sm keladigan pankeyklar quyamiz.
Pankeyklar ustida pufakchalar hosil bo'lganidan so'ng, ularni taxta tayoqchalar yordamida o'giramiz.
Yana 20-30 soniya pishirib, so'ngra tovadan olamiz.
Masalliqlar:
230 millilitr sut | |
200 gramm un | |
2-3 osh qoshiq shakar | |
1 ta tuxum | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
ta'bga ko'ra vanil shakari |