Turshakli sirniklar
Masalliqlar:
-
300 gramm quruq tvorog
-
1 ta tuxum
-
2 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
1 osh qoshiq bug'doy yormasimannaya krupa
-
3 osh qoshiq un
-
60 gramm turshak
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Nonushta uchun qanday foydali va mazali taom tayyorlashni bilmayapsizmi? Turshak qo’shib pishiriladigan sirniklar tayyorlang.
Ulardan xushbo’y vanil hidi taralib turadi, quritilgan o’rik esa ularning ta’mini yanada boyitadi va mazali qiladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 17000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm quruq tvorog | |
1 ta tuxum | |
2 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 osh qoshiq bug'doy yormasi | |
3 osh qoshiq un | |
60 gramm turshak | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Agar turshak qattiq bo'lsa, unda uni oldindan qaynoq suvga 10 daqiqaga solib qo'yish kerak. So'ngra suvini to'kib tashlab, turshaklarni qog'oz sochiq yordamida quritamiz va to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
Tvorogni chuqur idishda shakar va vanil shakari bilan aralashtiramiz, tuxum va bug'doy yormasini solamiz.
Maslahat: shakar miqdorini ta'bga ko'ra solishingiz mumkin, ammo ko'paytirib yubormang, aks holda qovurilayotganida sirniklrar qiyin o'giriladi va tez kuyib ketadi.
Tvorogli massaga to'g'ralgan turshak va un solib, aralashtiramiz.
Qo'limizni xo'llab, xamirdan dumaloqchalar hosil qilamiz.
Sirniklarni shu holida muzxonaga solib, muzlatib keyinchalik istalgan payt pishirib iste'mol qilish mumkin.
Tovaga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz.
Sirniklarni tovaga qo'yib, bir xil olovda tovani qopqog'ini yopgan holda 3-4 daqiqa pishirib olamiz.
Masalliqlar:
300 gramm quruq tvorog | |
1 ta tuxum | |
2 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1 osh qoshiq bug'doy yormasi | |
3 osh qoshiq un | |
60 gramm turshak | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |