fbpx
Videoretsept: pishirishni talab qilmaydigan shokoladli chizkeyk

Videoretsept: pishirishni talab qilmaydigan shokoladli chizkeyk

Masalliqlar:

  • pishloqli qavatiga

  • shokoladli glazuriga

Yo’nalishlar

Bizda sizlar uchun chizkeykning yangi retsepti mavjud. Tvorogli pishloq va shokolad pastasi ta’mli ushbu chizkeyk – juda mazali va nozik ta’mga ega.

Bunday ajoyib chizkeykni ta’tib ko’rishni ortga surmang, aksincha uni bugunoq tayyorlab, o’zingiz va oila a’zolaringizni xursand qiling.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 100 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
180-200 gramm "Crafers"dan shokoladli pechenye
80-100 gramm sariyog'
pishloqli qavatiga
600 gramm tvorogli pishloq
300 gramm "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta
60 gramm 35 %li yog'li qaymoq
20 gramm jelatin
120 gramm sovuq suv
shokoladli glazuriga
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 ta "Crafers" sutli shokoladi
Qadam 1
Tugallandi

Pechenyeni kombayn yoki o'qlov yordamida maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Maydalab qumoq shakliga keltirilgan pechenyega eritilgan sariyog'ni quyamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

22-24 sm diametrga ega qolip tagini pergament qog'ozi bilan qoplaymiz. Yonlarini yog'laymiz. Tagiga qumoq pechenyeni solib, yaxshilab jipslashtiramiz. So'ngra muzlatgichga pishloqli qavat tayyor bo'lgunicha yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pishloqli qavatni tayyorlaymiz:

Shishishi uchun jelatinni sovuq suvga ivitib qo'yamiz (15 daqiqaga).

Qadam 5
Tugallandi

Chuqur idishda tvorogli pishloq va shokolad pastasini aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qaymoq solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Jelatin suyuq holga kelishi uchun uni isitamiz, ammo qaynab ketishi kerak emas.

Qadam 8
Tugallandi

Ozroq sovutib, so'ngra extiyotkorlik bilan ingichka qilib, pishloq va shokoladli kremga quyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Hosil bo'lgan massani pechenye turgan qolipga quyib, 30 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Shokoladli glazur tayyorlaymiz:

Shokoladni bo'laklarga bo'lib, ustidan issiq qaymoqni quyamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ozroq sovutib, so'ngra ozroq o'zini ushlab olgan pishloqli qavat ustidan quyamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Chizkeykni 5-6 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz

  • 1 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
180-200 gramm "Crafers"dan shokoladli pechenye
80-100 gramm sariyog'
pishloqli qavatiga
600 gramm tvorogli pishloq
300 gramm "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta
60 gramm 35 %li yog'li qaymoq
20 gramm jelatin
120 gramm sovuq suv
shokoladli glazuriga
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
1 ta "Crafers" sutli shokoladi
oldingi
Videoretsept: vena vaflisi
keyingi
Turkcha non (Ramazan pide)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.