fbpx
Videoretsept: tvorogli vareniklar

Videoretsept: tvorogli vareniklar

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday rus oshxonasi taomlaridan hali tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, unda hozir buning ayni fursati. Ertalabgi nonushtada yumshoqqina, issiq vareniklar tayyorlab, hammani xursand qiling.

Bolalarga qiziqroq bo’lishi uchun ularni bolajonlaringiz bilan birga tayyorlang. Bu ularga juda yoqadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm tvorog
1 ta tuxum
2 osh qoshiq eritilgan sariyog'
3-4 osh qoshiq shakar
3-4 osh qoshiq un
bir chimdim tuz
ta'bga qarab vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tvorogni solamiz.

Agar tvorog yo'g'onroq bo'lsa, unda sanchqi bilan ezamiz yoki blenderda maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tvorogni ustidan tuxum, sariyog', shakar, tuz va vanil shakarini solamiz.

Barchasini yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashma ustidan un elab solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 4
Tugallandi

Stol ustiga un sepiladi va tvorogli xamir qo'yiladi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni ohista unga belab olamiz va kolbasa shaklga keltiramiz.

So'ng uni 1 sm qalinlikdagi bo'lakchalarga kesib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kesilgan xamirlarni qaynagan tuzli suvda qaynatib olamiz. Sathiga ko'tarilsa pishgan bo'ladi.

Qadam 7
Tugallandi

Hammasini tayyorlamoqchi bo'lsangiz, unda ortganini muzlatgichda saqlashingiz kerak.

Ularni un sepilgan idish yoki taxtakashga terib chiqing.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan chuchvaralarni smetana, murabbo va asal bilan birga tortishingiz mumkin.

Yoki ularni o'zingizga sevimli toppinglariz bilan birga iste'mol qiling. Masalan: shokoladli, qulupnayli, karamelli va boshqalar bilan. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm tvorog
1 ta tuxum
2 osh qoshiq eritilgan sariyog'
3-4 osh qoshiq shakar
3-4 osh qoshiq un
bir chimdim tuz
ta'bga qarab vanil shakari
oldingi
Videoretsept: Tuzli karamel
keyingi
Batafsil fotoretsept: Paramach (belyashi) pishirish

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.