Xantalda pishirilgan qo’y go’shti
Masalliqlar:
-
600-700 gramm qo'y go'shti
-
3-4 osh qoshiq xantal
-
1 choy qoshiq tuz
-
ta'bga ko'ra murch
-
ta'bga ko'ra zira
Yo’nalishlar
Qo’y go’shtini hech qanday marinadlarsiz yumshoq va xushbo’y qilib pishirishning asosiy usuli – unga xantal suritib gaz pechida pishirishdir.
Go’sht juda suvli va xushbo’y bo’lib pishadi – ish kunlari yoki bayram dasturxoni uchun ajoyib taom, uni albatta tayyorlab ko’ring!
Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
600-700 gramm qo'y go'shti | |
3-4 osh qoshiq xantal | |
1 choy qoshiq tuz | |
ta'bga ko'ra murch | |
ta'bga ko'ra zira |
Qo'y go'shtini bo'laklarga bo'lib, qog'oz sochiqlar bilan quritamiz. Ustidan tuz, murch va zira sepib, qo'lda aralashtiramiz.
Qo'y go'shtining har tarafiga xantal suritib, 5 daqiqa tindiramiz.
So'ngra go'shtni toblatma uchun mo'ljallangan idishga solamiz.
Idish ustini folga bilan yopib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo'yamiz. 40 daqiqadan so'ng folgani olib, yana ozroq, go'sht qizarguniga qadar pishirib olamiz.
Masalliqlar:
600-700 gramm qo'y go'shti | |
3-4 osh qoshiq xantal | |
1 choy qoshiq tuz | |
ta'bga ko'ra murch | |
ta'bga ko'ra zira |