fbpx
Feta pishlog’i va pomidordan quymoq

Feta pishlog’i va pomidordan quymoq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar siz oila a’zolaringizni foydali, yengil va noodatiy taom bilan mexmon qilmoqchi bo’lsangiz, bunda sizga feta pishlog’i va pomidordan tayyorlangan quymoq yordam beradi.

To’yimli va foydali quymoq juda tez tayyor bo’ladi. Albatta tayyorlab ko’ring.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 17 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
3-4 ta tuxum
2 osh qoshiq suv
200 gramm pomidor
15 gramm sariyog'
70 gramm feta pishlog'i
ko'k piyoz shoxchasi
ta'bga ko'ra kashnich
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovada sariyog'ini qizdiramiz, to'g'ralgan pomidor yoki pomidor pyuresini qo'shib, massa quyulgunicha 5-7 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxumni chaqib, suv solib, sanchqi yordamida aralashtiramiz.
Tuxumni pomidor qovurilayotgan tovaga qo'shib, o'rta olovda, tuxum o'zini yig'ib olguniga qadar pishiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan yangi ko'kat va ko'k piyoz sepamiz va feta pishlog'ini maydalab solib, olovda yana 1 daqiqa ushlab turamiz.
Undan so'ng stolga tortishimiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
3-4 ta tuxum
2 osh qoshiq suv
200 gramm pomidor
15 gramm sariyog'
70 gramm feta pishlog'i
ko'k piyoz shoxchasi
ta'bga ko'ra kashnich
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Quritilgan mevalar bilan pishirilgan go’shtli rulet
keyingi
Moxora

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.