Lavash va malinadan qilingan rulet
Masalliqlar:
-
1 ta lavash xamiri
-
200 gramm tvorog
-
100 gramm yumshoq tvorog
-
1 ta tuxum oqi
-
100 gramm malina
-
60 gramm shakar
-
1 ta tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Lavash oshxonada shoshilinch paytlarda qo’llaydigan eng universal masalliqlardan biri hisoblanadi. Bu safar bizlar undan tvorog va malinali rulet pishirib ko’rdik.
Mayin ta’mli va qomatga ziyonsiz bu shirinlik har qanday kishiga yoqishi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta lavash xamiri | |
200 gramm tvorog | |
100 gramm yumshoq tvorog | |
1 ta tuxum oqi | |
100 gramm malina | |
60 gramm shakar | |
1 ta tuxum sarig'i |
Tuxum oqini sarig'idan ajratib olamiz. Tog'orachaga ikki xil tvorog, tuxum oqi va shakarni solamiz. Blenderda ko'pirtirib olamiz.
Lavashga tvorogli aralashmadan surtib, malinani sepamiz, so'ng esa ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.
Lavash ustidan tuxum sarig'i surtib, 180 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Sal sovutib, so'ng ustidan shakar upasi sepamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 ta lavash xamiri | |
200 gramm tvorog | |
100 gramm yumshoq tvorog | |
1 ta tuxum oqi | |
100 gramm malina | |
60 gramm shakar | |
1 ta tuxum sarig'i |