Qovurilgan piyoz solib pishirilgan non
Masalliqlar:
-
1 bosh piyoz
-
300 millilitr iliq sut
-
1 choy qoshiq quruq xamirturush
-
1 osh qoshiq shakar
-
410 gramm un
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Tez va oson tayyorlaniladigan, shuningdek juda mazali bo’lmish piyozli non retseptini sizlarga taqdim etamiz.
Bunday nonni nonushtaga tayyorlab, oila a’zolaringizni xursand qilishingiz aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Shuningdek, yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishish uchun telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 bosh piyoz | |
300 millilitr iliq sut | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
1 osh qoshiq shakar | |
410 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Tovaga yog' quyib, mayda to'g'ralgan piyozni solamiz va qovurib olamiz. So'ng piyozni qog'oz sochiq ustiga olib qo'yamiz, shunda ortiqcha yog'ini shimib oladi.
Iliq sutga shakar va quruq xamirturushni solib, aralashtirib olamiz.
Unni elab olamiz va tuz bilan aralashtirib olamiz. Ustidan oparamizni ham quyamiz.
Qovurilgan piyoz va yog'ni solib, xamir qorib olamiz. Xamir ko'tarilishi uchun 1 soat iliq joyga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni bir-ikki mushtlab olamiz va baton shaklini berib, qolipga solamiz. Yana 40 daqiqacha qolipi bilan iliq joyda qoldiramiz.
180 C darajada qizigan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 bosh piyoz | |
300 millilitr iliq sut | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
1 osh qoshiq shakar | |
410 gramm un | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i |