fbpx
Drezdencha tort

Drezdencha tort

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • 1-asosi:

  • 2-asosi:

Yo’nalishlar

Bu tortning retsepti sizning eng sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi aniq. Bunday drezdencha tort Germaniya bayram dasturxonining bezagi hisoblanadi.

Tvorog va vanillii pudingdan tashkil topgan bunday tort hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 39 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
150 gramm un
70 gramm shakar
1 dona tuxum
50 gramm sariyog'
1/2 choy qoshiq qabartma
1-asosi:
500 gramm tvorog
150 gramm shakar
2 ta tuxum
1 osh qoshiq quruq vanilli puding
2-asosi:
1 o'ramcha quruq vanilli puding
500 millilitr sut
100 gramm sariyog'
3 ta tuxum sarig'i
3 ta tuxum oqi
3 osh qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz:

Tuxumni shakar bilan birga ko'pirtirib olamiz, xona haroratida yumshagan sariyog'ni ham solamiz. Un bilan qabartmani elab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir orib olamiz va 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosining birinchi qavatini tayyorlaymiz:

Tvorogni tog'orachaga solamiz, shakar va tuxum solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Silliq holatga kirgunicha ko'pirtiramiz. Oxirida quruq pudingdan 1 osh qoshiq solamiz. Aralashtirib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosining ikkinchi qavatini tayyorlaymiz:

Qolgan pudingni sut bilan aralashtirib, gazga qo'yamiz. Muntazam aralashtirib, quyulguniga qadar qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Gazdan olamiz. Puding sovigandan so'ng 3 ta tuxum sarig'i va 100 gramm sariyog' solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolgan tuxum oqlarini shakar bilan birga ko'pirtirib, puding ustidan solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni qolipga qo'yib yoyib chiqamiz. Ustidan tvorogli asosni quyamiz. So'ng pudinli aralashmani quyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tortni 180 С darajada qizigan pechga qo'yib, 60 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Muhim: pishish jarayonida pechni ochib ko'rmang, aks holda tortning usti yorilishi mumkin. Pishganidan so'ng gazni o'chirib, pechda 15-20 daqiqa qoldiramiz.

So'ng esa tortni sovutgichga bir kechaga qoldiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tortni ustini xohlagan mevalar bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
150 gramm un
70 gramm shakar
1 dona tuxum
50 gramm sariyog'
1/2 choy qoshiq qabartma
1-asosi:
500 gramm tvorog
150 gramm shakar
2 ta tuxum
1 osh qoshiq quruq vanilli puding
2-asosi:
1 o'ramcha quruq vanilli puding
500 millilitr sut
100 gramm sariyog'
3 ta tuxum sarig'i
3 ta tuxum oqi
3 osh qoshiq shakar
oldingi
Sabzavotli ragu
keyingi
Oddiy bulg’or qalampirli do’lmalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.