fbpx
Past kaloriyali baliqli toblatma

Past kaloriyali baliqli toblatma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kam kaloriyali kechki taom organizmingizni kerakli vitaminlar bilan ta’minlab, semirishingizga ham yo’l qo’ymaydi.To’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qilib, parhez tutuvchilar uchun baliq yaxshi mahsulot sanaladi. Baliqda juda ko’p oqsil, yog’lar va uglevodlar esa juda kamdir.

Bir kishilik taomning taxminiy ozuqaviy qiymati: 212,9 kKal bo’lib, oqsillar— 32,7 gr, yog’lar— 8,37 gr, uglevodlar— 0,48 grni tashkil etadi.

Masalliqlar:

500 gramm baliq filesi
5 ta tuxum
30 gramm maydalangan yong'oq
3 choy qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Baliq filesini 5-7 sm kattalikda to'g'rab olamiz. Ustidan tuz va murch sepamiz, limon sharbatidan quyib, 10-30 daqiqaga marinadlab qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Toblatmalarga mo'ljallangan qolipga yog'dan surtamiz, ichiga baliq bo'lakchalarini solib, 180 C darajada 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumlarni yaxshilab ko'pirtirib olamiz, yong'oq va to'g'ralgan ko'katlarni solib aralashtiramiz. Gaz pechidagi baliqni olib, ustidan quyamiz va yana gazga qo'yib, 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

To'g'ralgan ko'katlar bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm baliq filesi
5 ta tuxum
30 gramm maydalangan yong'oq
3 choy qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun ko'katlar
oldingi
Batafsil fotoretsept: «Karqur uyasi» salati
keyingi
Oshirma xamirdan tayyorlangan o’rama pirog

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.