Go’sht va sabzavotlar bilan tayyorlangan lavashli rulet
Masalliqlar:
-
1 dona lavash
-
250 gramm yog'siz mol go'shtidan qiyma
-
100 gramm sabzi
-
120 gramm qovoqcha
-
100 gramm piyoz
-
50 gramm pishloq
-
ikki osh qoshiq smetana yoki qaymoq
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
bir chimdim rozmarin
Yo’nalishlar
Bu retsept sizdan ko’p vaqtni talab qilmaydi, aksincha tushlik yoki kechki taom tayyorlashingizni osonlashtiradi. Shuningdek bu ruletning tarkibi to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilarga ham mos keladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 dona lavash | |
250 gramm yog'siz mol go'shtidan qiyma | |
100 gramm sabzi | |
120 gramm qovoqcha | |
100 gramm piyoz | |
50 gramm pishloq | |
ikki osh qoshiq smetana yoki qaymoq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
bir chimdim rozmarin |
Gaz pechini 180 C darajada qizdirib olamiz. Piyoz va sarimsoq piyozni mayda, qovoqcha va sabzini esa to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.
Piyoz va sarimsoq piyozni yumshagunicha qovurib olamiz, so'ng qovoqcha va sabzini solamiz. Hammasini yarim tayyor bo'lgunicha 10 daqiqa davomida qovurib olamiz.
Tog'orachaga qiymani solamiz, ustidan qovurilgan sabzavotlarni solamiz, tuz, murch va ta'bga qarab rozmarin sepamiz. Qo'lda yaxshilab aralashtirib olamiz.
Lavashni ochib, qiymalarni solib chiqamiz. Chetlaridan ozroq joy qoldiramiz. Ustidan pishloqni qirg'ichdan chiqarib sepamiz. Lavashni ruletsimon shaklda o'raymiz.
Lavashni patnisga olib, ustidan qaymoq yoki smetana surtamiz. Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz va 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 dona lavash | |
250 gramm yog'siz mol go'shtidan qiyma | |
100 gramm sabzi | |
120 gramm qovoqcha | |
100 gramm piyoz | |
50 gramm pishloq | |
ikki osh qoshiq smetana yoki qaymoq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
bir chimdim rozmarin |
2 Sharhlar Hide Comments
Рулет духовкада пишириладими?
Assalomu aleykum, ha duxovkada pishiriladi)