Kartoshkali turkcha burek
Masalliqlar:
-
600 gramm kartoshka
-
150 gramm piyoz
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
bir nechta shoxcha shivit
-
t'bga qarab tuz va murch
-
bir chimdim achchiq qalampir
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
1 o'ram "Yufka" xamiri
-
surtish uchun tuxum sarig'i
-
sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni mana bunday mazali va nafis ta’mli turkcha burek pishirig’i bilan siylang.
Agar buning uchun yetarlicha vaqt topolmasangiz, unda tayyor «yufka» xamiridan xarid qilib, foydalanishingiz mumkin. Yo’q, xamirni ham o’zim tayyorlayman desangiz, mana bu retsept sizga muntazir!
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
600 gramm kartoshka | |
150 gramm piyoz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
bir nechta shoxcha shivit | |
t'bga qarab tuz va murch | |
bir chimdim achchiq qalampir | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
1 o'ram "Yufka" xamiri | |
surtish uchun tuxum sarig'i | |
sepish uchun kunjut |
Kartoshkani yuvib, po'stini archamiz. So'ng tuzli suvga solib, qaynatib olamiz. Pishgan kartoshkani ezib, pyure holatiga keltiramiz.
Tovaga yog' quyib, yupqa to'g'ralgan piyozni solamiz va tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.
Pyurega qovurilgan piyoz, to'g'ralgan shivit va barcha ziravorlarni solib, aralashtirib olamiz.
Yufka xamirlarini ikkiga bo'lib, har biriga yaxshilab yog' surtamiz. So'ng bir tomoniga kartoshkali pyuredan solib, ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.
Ruletsimon xamirlarni yog'langan qolipga spiralsimon ko'rinishda taxlab chiqamiz. Shunda aylana shakl hosil bo'ladi.
Pechni esa 190 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Burek ustidan tuxum sarig'i surtib, kunjutdan sepamiz va 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
600 gramm kartoshka | |
150 gramm piyoz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
bir nechta shoxcha shivit | |
t'bga qarab tuz va murch | |
bir chimdim achchiq qalampir | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
1 o'ram "Yufka" xamiri | |
surtish uchun tuxum sarig'i | |
sepish uchun kunjut |
2 Sharhlar Hide Comments
Assalomaleykum xamirini tayyorlash retsepti ham bormi
Assalomu aleykum. Ha bor, e’tibor bering opisaniyadan topishiz mumkin!