Panna Kotta

Panna Kotta

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hech kimni befarq qoldirmaydigan ajoyib shirinlik!

Panna kotta italyanchadan so’zma-so’z «qaynatilgan krem» ma’nosini bildiradi. Bu desert qaymoq, sut va shakardan tayyorlanib, jelatin yordamida uni mayin pudingga aylantiradi.

Masalliqlar:

250 millilitr yog'li qaymoq
125 millilitr sut
8 gramm jelatin
60 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugllandi

Jelatinni oldindan sovuq suvga ivitib qo'yamiz. Jleatin kukunlarini 45 millilitr miqdordagi suvga ivitamiz. Chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qaymoq, sut va shakarni alohida idishga solamiz. Vanil shakarini ham solamiz. O'rtacha olovda qaynash darajasiga keltiramiz. Olovdan olamiz va ko'pchigan jelatinni solamiz. Jletin erigunicha qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Mavjud qolipcha yoki stakanlarga solammiz va 5-6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Ustini ta'bga qarab, rezavor meva yoki eritilgan shokolad bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 millilitr yog'li qaymoq
125 millilitr sut
8 gramm jelatin
60 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Qulupnay va shokoladli ganashdan tayyorlanilgan tartaletkalar
keyingi
«Banoffi» torti

1 Sharhlar Hide Comments

илтимос оддий махсулотларни масалан помидор бодринг меваларни чиройли безатиб дастурхонга олишни хам ургатсангизлар олдиндан рахмат

Fikringiz