Osiyocha usulda pishirilgan go’sht va brokollili taom
Masalliqlar:
-
400 gramm lahm mol go'shti
-
300 gramm brokkoli karami
-
1 bosh piyoz
-
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
3 osh qoshiq soya qaylasi
-
1-2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
2 osh qoshiq zanjabilyangi uzilgan yoki tuyilgan
-
bir chimdim achchiq qalampir
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 choy qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq guruch sirkasiyoki olma sirkasi
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Bunday usulda pishirilgan taom go’shti yumshoq, ta’mi ham ajoyib, brokkoli karami esa qarsildoq bo’lib, barcha vitaminlarini saqlab qoladi.
Tayyorlash jarayoni juda oson bo’lib, barchasini 7 daqiqada qovurib bo’lasiz. Shu sababdan ham garnir uchun guruchni oldindan qaynatib qo’ysangiz, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm lahm mol go'shti | |
300 gramm brokkoli karami | |
1 bosh piyoz | |
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3 osh qoshiq soya qaylasi | |
1-2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
2 osh qoshiq zanjabil | |
bir chimdim achchiq qalampir | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq guruch sirkasi | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Lahm go'shtni uzunchoq shaklda, taxminan 1 sm qalinlikda to'g'rab chiqamiz.
Tog'orachaga guruch sirkasi, soya qaylasi, shakar va makkajo'xori kraxmalini solamiz. Aralashtirib, ustidan go'shtni solamiz. 15-20 daqiqaga qoldiramiz.
Brokkolini bo'g'inlariga bo'lib olamiz va har bir bo'g'inini yana o'z navbatida 3-4 qismlarga ajratamiz
Qozonga suvni qaynatib, ozroq tuz sepamiz va brokkolini ham solib, qaynash boshlangandan 2 daqiqa davomida qaynatamiz. To'rli suzgichga olib, ustidan sovuq suv quyamiz. Shunda brokkoli o'zining yorqin rangini saqlab qoladi.
Piyozni yupqa yarim parrak qilib, to'g'rab chiqamiz. Sarimsoqpiyoz va zanjabilni esa qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Kengroq tova yoki iloji bo'lsa wok tovasiga yog'ni quyamiz va piyozni solib, yumshagunga qadar qovuramiz.
So'ng piyozni tovaning bir chetiga surib, marinadlangan go'shtni solamiz. Go'sht tovada bir qator bo'lib terilishi lozim. Olovni balandlatib, go'shtni 2-3 daqiqa davomida qovurib olamiz.
So'ng go'shtni piyoz bilan aralashtirib, ustidan zanjabil va sarimsoqpiyozni solamiz. Yana 1-2 daqiqa davomida qovurib olamiz.
So'ng brokkolini solamiz, tuz va achchiq qalampirni sepamiz. Kerak bo'lsa tuz ham sepamiz (Soya qaylasining tuzliligi hammasida har xil bo'ladi).
Aralashtirib, yana 2 daqiqacha qovuramiz va likopchaga solib, qaynatilgan guruch bilan birga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm lahm mol go'shti | |
300 gramm brokkoli karami | |
1 bosh piyoz | |
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3 osh qoshiq soya qaylasi | |
1-2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
2 osh qoshiq zanjabil | |
bir chimdim achchiq qalampir | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq guruch sirkasi | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |