fbpx
Videoretsept: Kakosli keks

Videoretsept: Kakosli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kakosli keks oson tayyorlaniladigan, ammo juda ham mazali bo’lgan pishiriqlardan biridir!

U o’zgacharoq bo’lib pishadi: keksning usti qarsildoq, ichi esa nam va yumshoq, yegandan keyin esa sariyog’ va kakosli ta’m kelib turadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 19 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

170 gramm Maselkadan "quyoshli" margarini
250 gramm un
3 ta tuxum
270 gramm kefir
75 gramm kakos qirindisi
1.5 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq tuz
225 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
125 gramm shakar upasi
25 millilitr limon sharbati
ustiga sepish uchun kakos qirindisi
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga yumshagan margarin va shakarni solib, mikserda oqargunga qadar yaxshilab, taxminan 3 daqiqa ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Vanil shakari, tuxumni bittadan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un, qabartma va tuzni aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Unli aralashmani uchga bo'lib, kefirni ikkiga bo'lib, navbati bilan solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kakos qirindisini sepib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipga yog' surtib, un sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni qolipga quyib, 175 C darajada qizigan pechda 60 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan keksni biroz qolipida sovutib, so'ng pehc panjarasiga qo'yib, to'liq sovutib olamiz.

Keksni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 3 kungacha xona haroratida saqlash mumkin.

Qadam 9
Tugallandi

Limon sharbati va shakar upasini aralashtirib, keksning ustidan quyamiz va shakar qirindisini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

170 gramm Maselkadan "quyoshli" margarini
250 gramm un
3 ta tuxum
270 gramm kefir
75 gramm kakos qirindisi
1.5 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq tuz
225 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
125 gramm shakar upasi
25 millilitr limon sharbati
ustiga sepish uchun kakos qirindisi
oldingi
Shokolad-qahvali tort
keyingi
Ko’katli sirniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.