fbpx
Videoretsept: Pishloq-qo’ziqorinli usti ochiq pirog

Videoretsept: Pishloq-qo’ziqorinli usti ochiq pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Qo’ziqorin solib pishiriladigan ajoyib taom retseptini taqdim etamiz. Asosiga eritilgan pishloq solinganligi sabab ham, u juda sersuv bo’lib pishadi.

Pirog issiqligida ham, sovigandan so’ng ham juda mazali ta’mni kasb etadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
230 gramm un
150 gramm margarin yoki sariyog'
3 osh qoshiq smetana
1 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq tuz
1-2 osh qoshiq muzdek suv
Asosiga:
250 gramm shampinyon
200 gramm piyoz
100 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni ta'bga qarab
250 gramm eritilgan pishloq
3 ta tuxum
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga un, qabartma, tuz va sariyog'ni solamiz, qo'lda ishqalab, kukunsimon shaklga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Smetanani solib, xamir qoramiz. Agar xamir juda ham quruq bo'lsa, unda ozgina muzdek suv qo'shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni aylana shaklga keltirib, 60 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga yog' solib, to'g'ralgan piyozni qovurib olamiz. Qo'ziqorinlarni ham to'g'rab solamiz. Ustidan tovuq go'shti, ziravorlarni sepib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qo'ziqorinlarning suvi bug'lanib ketgunga qadar qovurib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuxumlarni kichikroq idishga chaqib solamiz, saanchiqda ko'pirtiramiz. Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz va tuxumlarga qo'shib aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxumli aralashmani biroz sovigan qo'ziqoronli massaga solib, aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni olib, aylanasi 222-24 sm li qolipga yoyib to'shaymiz, chetlarini bosib, "devor" (bortik) hosil qilamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamir ustidan aralashmani quyib, 170 C darajada qizigan pechda, 60 daqiqa davomida yoki usti qizargunga qadar pishirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirogni biroz sovutib, qolipidan ajratamiz, so'ng esa kesib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
230 gramm un
150 gramm margarin yoki sariyog'
3 osh qoshiq smetana
1 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq tuz
1-2 osh qoshiq muzdek suv
Asosiga:
250 gramm shampinyon
200 gramm piyoz
100 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni ta'bga qarab
250 gramm eritilgan pishloq
3 ta tuxum
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Pishloq solib pishirilgan tovuqli naggetslar
keyingi
Shokoladli Panna Kotta

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.