Videoretsept: «Ptiche Moloko» torti
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
140 gramm un
-
100 gramm shakar
-
110 gramm yumshatilgan sariyog'
-
2 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq vanilin
-
Suflesiga:
-
4 ta tuxum oqi
-
200 gramm shakar
-
15 gramm jelatin
Yo’nalishlar
«Ptiche Moloko» torti — ancha yillardan beri sevimli bo’lib kelayotgan shirinliklardan biri hisoblanadi. Uning tez va oson tayyorlanilishiga esa ko’pchilikning ishongisi kelmaydi.
Videoretseptimizga tayanib, siz ham bunday tortdan bemalol tayyorlay olasiz. Asosiysi, sifatli jelatindan xarid qilish lozimdir.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
140 gramm un | |
100 gramm shakar | |
110 gramm yumshatilgan sariyog' | |
2 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanilin | |
Suflesiga: |
|
4 ta tuxum oqi | |
200 gramm shakar | |
15 gramm jelatin |
Korjini tayyorlab olamiz
Xona haroratidagi sariyog'ni shakar bilan birga aralashtirib olamiz. Ustidan tuxum, tuz, vanilinni solamiz va aralashtirib olamiz.
Ustidan unni elab solamiz va aralashtirib olamiz.
Xamirni aylanasi 20-22 sm li qolipga yoyib joylaymiz va 180 C darajada 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Suflesini tayyorlab olamiz
Muzdek sutga jelatinni solamiz, aralashtirib, 20-25 daqiqaga ivitib qo'yamiz.
Muhim! Hech qachon jelatinni iliq suyuqlik bilan aralashtirmang, aks holda u o'zining xususiyatlarini yo'qotadi va pishiradigan yeguligingiz o'xshamay qoladi.
Xona haroratidagi sariyog'ni mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz.
Ustidan quyultirilgan sutni oz-ozdan solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.
Tuxum oqi bilan shakarni yaxshilab ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirilgan tuxumni sariyog'li aralashma bilan oshxona "lopatka"si yordamida aralashtirib olamiz.
Gaz pechiga jelatinni qo'yib qizdirib olamiz. Muhim! Jelatin qaynab ketmasligi kerak.
Erigan jelatinni tuxum oqiga solamiz va aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan massani pishgan xamir ustidan quyamiz, ustini tekislab olib, 5 soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Tort yaxshilab qotganidan so'ng shokoladli glazurni tayyorlab olamiz.
Sariyog', sut va shokoladni eritib olamiz va suv bug'iga qo'yib yoki mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.
Aralashtirib olamiz.
Tortni qolipidan ajratib, xohishga qarab bezatamiz.
Instagramdagi rasmiy sahifa: @spice.expert
Facebookdagi rasmiy sahifa: fb.com/spice.expert
Reklama huquqi asosida