Qo’ziqorinli quyuq sho’rva
Masalliqlar:
-
500 gramm shampinyon
-
1 bosh piyoz
-
300 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon
-
200 millilitr sut
-
2 osh qoshiq un
-
30 gramm sariyog'
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
100 millilitr yog'siz qaymoq
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Shampinyonli quyuq sho’rva tayyorlash sizdan katta mahoratni talab qilmaydi, taxminan yarim soat bo’sh vaqt va oshxonada blenderning mavjudligi kifoya.
Hozirgi kunda mashhur restoranlardagi suyuq taomlar ro’yxatining boshidan joy egallashga ulgurgan shampinyon va qaymoq juftligi bir-birini to’ldirib turadi.
Masalliqlar:
500 gramm shampinyon | |
1 bosh piyoz | |
300 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon | |
200 millilitr sut | |
2 osh qoshiq un | |
30 gramm sariyog' | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
100 millilitr yog'siz qaymoq | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Shampinyon dumchalari olib tashlanadi va plastinka shaklida to'g'raladi.
Tovaga o'simlik yog'i solinadi, piyoz biroz qovurilib olinadi va qo'ziqorinlar solinib, 7-10 daqiqaga dimlab qo'yiladi.
Alohida tovada sariyog' eritiladi va un solib, qovuriladi. Qovurish jarayonida tagi olmasligi uchun muntazam aralshtirilib turiladi.
Qovurilgan un ustiga bulyon va sut quyiladi. Aralashtirishda davom etib, sho'rva qaynash darajasiga yetkaziladi.
So'ng qovurilgan piyoz va qo'ziqorin solinadi, ustidan ziravorlar sepiladi.
Qaynash jarayoni boshlangandan 1 daqiqa davomida qaynatiladi va darhol gaz plita ustidan olinadi.
Blender yordamida massa pyure holatiga keltiriladi.
Qo'ziqorinli krem-sho'rva quyuq va silliq holatda bo'lishi kerak.
Ustidan 100 millilitr qaymoq quyiladi va yana gaz plitasi ustiga qo'yiladi.
Muntazam aralashtirib, qizdiriladi va qaynash jarayonining birinchi alomatlari ko'rinsa, darhol gazdan olib qo'yiladi.
Krem-sho'rvaning quyuq-suyuqligi esa qaymoq va bulyon yordamida bartaraf etiladi.
Masalliqlar:
500 gramm shampinyon | |
1 bosh piyoz | |
300 millilitr sabzavotli yoki tovuqli bulyon | |
200 millilitr sut | |
2 osh qoshiq un | |
30 gramm sariyog' | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
100 millilitr yog'siz qaymoq | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |