fbpx
Qovoqli tart

Qovoqli tart

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Qovoqdan faqat somsa va manti pishirish mumkin deb o’ylaydiganlar bugun bu fikrning xatoligiga yana bir bor amin bor amin bo’ladilar.

Chunki bugun bizlar qovoqli pyuredan ajoyib tart pishiramiz.

Masalliqlar:

Xamiriga:
250 gramm un
100 gramm shakar
125 gramm muzdek sariyog'
1/3 choy qoshiq vanil
2 osh qoshiq suv
Asosiga:
600 gramm qovoq tozalangan
200 gramm qaymoq 45 % li
2 ta tuxum sarig'i
1/4 choy qoshiq maydalangan dolchin
1/4 choy qoshiq maydalangan zanjabil
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Qovoqni tozalab olamiz, bo'laklarga bo'lib, ozroq tuz solingan suvda yumshaguniga qadar qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng suvini to'kib, o'zini blenderda maydalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ezilgan qovoq ustidan tuxum sarig'i, qaymoq, ziravorlar va tuzni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamiriga kerak bo'ladigan barcha quruq masalliqlarni alohida idishga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ustidan sariyog'ni maydalab solamiz va qo'lda kukinsimon shaklga kelgunicha ishqalaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan suv solib, xamir qoramiz va aylana shaklga kiritamiz.

Xamirni yelim qog'ozga solib, yarim soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng xamirni yotib, tartlarga mo'ljallangan qolipga yoyamiz va ustidan pergament qog'oz to'shab, ustidan loviya yoki guruch solamiz.(Bu xamir bir tekisda pishishi va ko'tarilmasligi uchun muhim).

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng xamirni sovutib, ustidagi "yuk"ni olib tashlatmiz va qovoqli aralasani solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida yarim soat davomida pishirib olamiz.

Pishgan tartni avval xona haroratida, so'ng sovutgichga bir soatga qo'yib, sovutib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
250 gramm un
100 gramm shakar
125 gramm muzdek sariyog'
1/3 choy qoshiq vanil
2 osh qoshiq suv
Asosiga:
600 gramm qovoq tozalangan
200 gramm qaymoq 45 % li
2 ta tuxum sarig'i
1/4 choy qoshiq maydalangan dolchin
1/4 choy qoshiq maydalangan zanjabil
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
bir chimdim tuz
oldingi
Do’mboq quymoqchalar
keyingi
Xurmoli galeta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.