fbpx
«Xrizantema» go’shtli pirogi

«Xrizantema» go’shtli pirogi

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Sovuq va bir oz yoqimsiz ob-havo oqshomlarini bayramga aylantirishi hech gap emas. Masalan ajoyib go’shtli pirog «Xrizantema» pishirish orqali.

Yumshoq va mazali, oshirma xamirdan tayyorlanib, ichiga qiyma va pishloq uyg’unlashtirilgan bu pirog ishtahani ochib, kayfiyatni ko’tarishi aniq.

Masalliqlar:

125 millilitr sut
125 millilitr suv
7 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 dona tuxum
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
450-500 gramm un
Asosiga:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
130 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Ikiq sutga shakar va xamirturushni solamiz, yaxshilab aralashtirib, 5-10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan o'simlik yog'i, kefir, tuxim va tuzni solib, venchikda aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustodan elangan unni oz-ozdan solib, avval qoshiqda, quyuqlashgandan so'ng esa qo'lda aralashtiramiz.

Qo'lga yopishmaydigan, yumshoqroq xamir qoramiz.
Xamirni ustini yopib, 1 soatga tindirib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni olib, yana bir bor mushtlaymiz va teng ikkiga bo'lamiz. Har bir xamir bo'lagini 3 mm qalinlikda yoyib olamiz va aylanasi 7-8 sm li piyola yoki stakan yordamida aylana shakllar kesib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymaga mayda to'g'ralgan piyozbva ssrimsoqpiyozni solamzi, tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir aylanachaga 1 choy qoshiqdan qiyma, ustidan oztoq pishloq sepib, avval pastki qismini ustiga qilib bukamiz. Uchini sal yopishtirib, so'ng yonga buklaymiz. Shunday qilib, gulchalarga ega bo'lamiz. Ularni sariyog' surtilgan aylana qolipga teramiz va ustini yopib, yana 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirogni ustiga tuxum sarig'idanbsurtamiz va 180 C darajada qizdirilgan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Sal sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

125 millilitr sut
125 millilitr suv
7 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 dona tuxum
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
450-500 gramm un
Asosiga:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
130 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
oldingi
Ispancha «Crema Catalana» suflesi
keyingi
Gaz pechida pishirilgan tovuq

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.