Videoretsept: Ikki xil asosli «Kungaboqar» pirogi
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
400 gra un
-
150 millilitr sut
-
150 millilitr suv
-
1 ta tuxum
-
7 gramm quruq xamirturush
-
60 gramm eritilgan sariyog'
-
1 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq tuz
-
Asosiga:
-
250 gramm qiyma
-
2 ta piyoz
-
300 gramm pishloqhar xilidan foydalanish mumkin
-
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar
-
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
Ustiga:
-
1 ta tuxum sarig'i
-
1 osh qoshiq sut
-
ustiga sepis uchun sedana
Yo’nalishlar
«Kungaboqar» pirogi har qanday dasturxonga ko’rk bag’ishlovchi, ikki xil, qiymali va pishloqli asosdan tashkil topgan mazali yegulikdir.
Asosiysi, bu pishiriqni mehr ila tayyorlash kerak, shunda o’zingiz kutgan natijaga erishasiz.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gra un | |
150 millilitr sut | |
150 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
7 gramm quruq xamirturush | |
60 gramm eritilgan sariyog' | |
1 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
250 gramm qiyma | |
2 ta piyoz | |
300 gramm pishloq | |
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Ustiga: |
|
1 ta tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq sut | |
ustiga sepis uchun sedana |
Iliq suvga xamirturushni solamiz va aralashtirib olamiz. Ustidan 1 choy qoshiq shakar va 0,5 osh qoshiq un solamiz, aralashtirib, chetroqqa 10-20 daqiqaga olib qo'yamiz.
Sariyog'ni eritib olamiz.
Tuxum va shakarni aralashtirib olamiz.
Un bilan tuzni aralashtirib olamiz, o'rtasini chuqurroq qilamiz va sut, xamirturush va tuxumni solamiz. Eng oxirida sariyog'ni solamiz.
O'rtacha yumshoqlikdgi xamirdan qoramiz. Tog'orachani yog'lab, ichiga xamirni solib, ustini yopamiz va 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Xamir tinguniga qadar asosini tayyorlab olamiz.
Tovaga yog' solib, piyozni qovurib olamiz. Ustidan qiymani solib, olovni balandlatamiz va qiyma qizarguniga qadar qovuramiz.
So'ng sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab solamiz.
Pishloqli asosini tayyorlab olamiz. Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz va to'g'ralgan ko'katlar bilan aralashtirib olamiz. Bunda har xil pishloqlardan yoki brinzadan ham foydalanish mumkin. Bizlar qattiq pishloq va motsarello pishlog'idan foydalanik.
Oshgan xamirni teng ikkiga bo'lamiz va qo'lda mushtlab olamiz.
Bir bo'lagini perament qog'ozga joylab, aylana shaklda yoyib olamiz.
Xamirning o'rtasiga qiymali aralashmadan, chetlariga esa pishloqli aralashmadan solib chiqamiz.
Ikkinchi xamirni ham yoyib, pirogni ustini yopamiz. Qiyma solingan joyni chetlarini barmoqa bosib chiqamiz.
Pishloq solingan chetlarini avval to'rtga, so'ng esa har birini yana 4 ga bo'lib chiqamiz. Shunday qilib, 16 ta bo'lak hosil bo'ladi.
Pirogni gaz patnisiga qo'yib olamiz va 15 daqiqa xona haroratida qoldiramiz.
Ustiga sut va tuxum sarig'ini aralashtirib surtamiz, o'rtasiga esa sedanadan sepamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gra un | |
150 millilitr sut | |
150 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
7 gramm quruq xamirturush | |
60 gramm eritilgan sariyog' | |
1 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
250 gramm qiyma | |
2 ta piyoz | |
300 gramm pishloq | |
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Ustiga: |
|
1 ta tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq sut | |
ustiga sepis uchun sedana |