Qozon kabob

Qozon kabob

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bayramlar yoki biron bir tadbirlarda ko’pincha nima tayyorlashni bilmaymiz. Ana shunday kunlarda qozon kabob taomi juda qo’l keladi. 

Bu retsept asosida tayyorlanilgan qozon kabob, og’izda erib ketadigan darajada yumshoqina bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 34 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

12 dona qo'y to'shi
15 dona kartoshka o'rtacha kattalikda
300 millilitr o'simlik yog'i
700 millilitr suv
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab kashnich
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshhkalarni po'stini archamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qozonga yog'ni solib, yaxshilab qizdirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qizigan yog'da go'shtni qizartirib qovurib olamiz.

Qovurgan go'shtlarni alohida tog'orachaga olamiz, ustidan tuz, zira va kashnichdan sepib aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Go'shtni qovurgan yog'da kartoshkalarni ham butunligicha qovurib olamiz. Hammasini qovurib bo'lganimizdan so'ng, shu qozonga kartoshkalarni hammasini teramiz, ustidan go'shtlarni ham terib chiqamiz va suv quyamiz. Qopqog'ini yopib, past olovda 1,5-2 soat davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pishish jarayonida bir necha marotaba qozonni ochib, pishgan-pishmaganligini tekshiramiz. Agar suvi bug'lanib ketib, go'shti pishmay qolsa, unda yana ozroq suvdan solib dimlang.

To'g'ralgan piyoz va ko'katlar bilan bira dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

12 dona qo'y to'shi
15 dona kartoshka o'rtacha kattalikda
300 millilitr o'simlik yog'i
700 millilitr suv
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab kashnich
oldingi
Videoretsept: Ikki xil asosli «Kungaboqar» pirogi
keyingi
Zar qog’ozda pishirilgan italyancha tovuqli taom

Fikringiz