fbpx
Uy sharoitida quritilgan pomidorlardan tayyorlash

Uy sharoitida quritilgan pomidorlardan tayyorlash

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga quritilgan pomidorlarni qanday tayyorlashni o’rgatamiz. Bu mazali yegulik har qanday taomga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.

Quritilgan pomidorlar o’simlik yog’iga solib qo’yiladi, so’ng qolgan yog’ni salatlarga qo’shib iste’mol qilish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka 30 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

700 gramm pomidor o'rtacha kattalikda
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 millilitr zaytun moyi yoki o'simlik yog'i
1 ta lavr yaprog'i
ta'bga qarab tuz
har xil ziravorlar oregano, rozmarin, timyan, rayhon,
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 150 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidorlarni yuvib, teng ikkiga bo'lamiz. Bunda iloji bo'lsa uzunchoq navdagi pomidorlardan foydalansa yaxshiroq.

Pomidorlarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga kesilgan joyini tepaga qaratib terib chiqamiz. Ustidan oz-ozdan tuz sepsak pomidorlar yaxshiroq quriydi.

Qadam 3
Tugallandi

Gaz pechiga qo'yib, 2.5-3 soat ichida quritamiz. So'ng gaz pechidan olib, pomidorlarni to'liq qurigunicha 1 sutka xona haroratida qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorlarni bankachalarga solamiz, ustidan parrak qilib to'g'ralgan sarimsoqpiyoz, ziravorlarni solamiz. Ustidan issiq lekin qaynoq bo'lmagan yog'ni quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Bunday pomidorlar kamida 1 sutka bankachada turisi kerak. Shu sabab ham ularni bankasi bilan sovutgichga olib qo'yamiz. U yerda u bir necha haftagacha saqlanishi mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 3 soat
  • Oddiy
  • 150 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

700 gramm pomidor o'rtacha kattalikda
1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 millilitr zaytun moyi yoki o'simlik yog'i
1 ta lavr yaprog'i
ta'bga qarab tuz
har xil ziravorlar oregano, rozmarin, timyan, rayhon,
oldingi
Yeryong’oq va bananli batonchalar
keyingi
Lanchboks uchun g’oya: quymoqli sendvich

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.