Qishga salat: pomidorli qaylada pishirilgan baqlajonlar
Masalliqlar:
-
3 kilo baqlajon
-
3 kilo pomidor
-
1 kilo bulg'or qalampiri
-
2 ta nordon olma
-
ta'bga qarab achchiq qalampir
-
8 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
80-100 gramm tuz
-
200 gramm shakar
-
1 stakan o'simlik yog'i
-
30 millilitr 9% li sirka
Yo’nalishlar
Bu ajoyib baqlajonli salat qishga yopib qo’yishga ajoyib retsept hisoblanadi. Baqlajon va pomidorlarning uyg’unligi esa ajoyib ta’mni kasb etadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3 kilo baqlajon | |
3 kilo pomidor | |
1 kilo bulg'or qalampiri | |
2 ta nordon olma | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
8 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
80-100 gramm tuz | |
200 gramm shakar | |
1 stakan o'simlik yog'i | |
30 millilitr 9% li sirka |
Barcha sabzavotlarni yuvib olamiz.
Bulg'or qalampiri, pomidor va olmalarni blender yoki go'shtqiymalagich yordamida maydalab olamiz. Shu aralashmani qozonga solib, qizdirib olamiz.
So'ng ustidan tuz, shakar va o'simlik yog'ini solamiz.
Qaynash darajasiga keltiramiz va sirkani solamiz.
Baqlajonlarni 1.5 sm da parrak yoki yarim oy shaklida to'g'rab olamiz.
Qaynayotgan aralashmaga solamiz.
Maydalangan achchiq qalampir va sarimsoqpiyozni solamiz.
O'rtacha olovda 20 daqiqa qaynatib pishiramiz.
Qaylada pishirilgan baqlajonli salatni sterillangan issiq bankalarga solib, yopamiz. Soviguniga qadar ag'darib, ustini yopib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3 kilo baqlajon | |
3 kilo pomidor | |
1 kilo bulg'or qalampiri | |
2 ta nordon olma | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
8 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
80-100 gramm tuz | |
200 gramm shakar | |
1 stakan o'simlik yog'i | |
30 millilitr 9% li sirka |