fbpx
Lanchboks uchun g’oya: Yong’oqli maffinlar

Lanchboks uchun g’oya: Yong’oqli maffinlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Maktab yaqinlashishi bilan ota-onalarning o’y va tashvishlari ham boshlanadi. Ana shulardan biri bu bolalarining uyda bo’lmagan vaqtdagi ovqatlanishidir.Lanchboks – ovqat solinadigan qutilar juda qulay bo’lib, ichiga har xil foydali yeguliklardan solib, bolajonlarga berib yuborish mumkin. Ammo ularni har kun nimalar bilan to’ldirish, bu ko’pchilik uchun muammodir. Shu sababli ham bizlar bugun sizlarga bir nechta foydali maslahatlarimizni bermoqchimiz. Bolalarga beriladigan yeguliklar nafaqat mazali, balki foydali ham bo’lishi kerak.

Lanchboxni to’ldirish uchun variantlar

— bir nechta yong’oqli kekslar
— olma
— qizil sabzi
— krekerlar
— banan
— yogurt

“Rastishka” yogurt va tvoroglari qulay va yorqin qadoqlarda bo’lib, maktabda tanaffus paytida yeb olish uchun juda qulay. Ular maktabgacha bo’lgan va maktab yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqarilgan bo’lib, kalsiy va D guruh vitamini bilan boyitilgan.

Masalliqlar:

3 ta tuxum
200 gramm shakar
150 millilitr o'simlik yog'i o'rniga eritilgan sariyog' yoki margarin ham solish mumkin
280 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz tuz
150 gramm maydalangan yong'oq
100 gramm sariq mayiz yoki quritilgan mevalar
Qadam 1
Tugllandi

Chuqurroq idishga tuxum va shakarni solib ko'pirtiramiz, so'ng o'simlik yog'ini solib, yana biroz ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Un, qabartma va tuzni alohida idishga solib elab olamiz va tuxumli aralashma ustidan solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

So'ng maydalangan yong'oq va mayizni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni maffinlarga mo'ljallanilgan qog'ozli qolipchalarga 2/3 hisobda solamiz. To'ldirish kerak emas, chunki xamir shishib pishadi.

Qadam 5
Tugllandi

Maffinlarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta tuxum
200 gramm shakar
150 millilitr o'simlik yog'i o'rniga eritilgan sariyog' yoki margarin ham solish mumkin
280 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz tuz
150 gramm maydalangan yong'oq
100 gramm sariq mayiz yoki quritilgan mevalar
oldingi
Qishga salat: pomidorli qaylada pishirilgan baqlajonlar
keyingi
Lanchboks uchun g’oya: Quymoqli rollar

Fikringiz