fbpx
Videoretsept: Rulet

Videoretsept: Rulet

Masalliqlar:

  • Biskvitiga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Qulupnay solib boyitilgan bisvitli rulet pishirish ko’pchilikning orzusi bo’lsa kerak. Agar siz uni hozirgacha pishirishga qaror qilmayotgan bo’lsangiz, unda bugungi videoretseptimiz aynan siz uchun.

Bunday mazali pishiriqni tez-tez pishiring va yaqinlaringizni shod aylang.

Aytgancha, undagi qulupnayni boshqa xohlagan mevalaringizga almashtirishingiz mumkin, masalan, kivi, malina , apelsin va boshqalar.

Pishiriladigan ruletga taxminan 17 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi retsept chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Biskvitiga:
3 ta tuxum katta-katta
100 gramm shakar
5 osh qoshiq sut
1 choy qoshiq vanil
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
120 gramm un
3 osh qoshiq shakar upasi
Kremiga:
200 gramm shakar
100 gramm yumshatilgan sariyog'
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
bir-nechta qulupnay qulupnay
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumlarni chaqib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Ko'pirtirishni to'xtatmay oz-ozdan shakar solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sut, bir chimdim tuz va vanilni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qabartma va unni elab, oz-ozdan solamiz. Silliq bo'lgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisga xamirni quyamiz.

Xamirni tekislab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 c haroratda qizdirilgan gaz pechida 14 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Biskvit pishgunicha toza oshxona soochig'iga shakar upasini yaxshilab sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan biskvitni issiqligida shakar upasi solingan sochiq ustiga olib qo'yamiz, bunda qog'ozli tomoni ustida bo'lsin.

Qadam 8
Tugallandi

Pergament qog'ozni ehtiyotkorlik bilan olib tashlaymiz, biskvitlarni chetini ortiqchasini pichoq yordamida kesib tashlaymiz.

Ruletni sochiq bilan o'rab, 30 daqiqa sovutamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Krem

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ko'pirtirishda davom etib, oz-ozdan shakar upasini solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Sovigan biskvitni yoyib, ikkita chetlarini 1 sm dan kesib olamiz.

Kremni surtib, qulupnaylarni to'g'rab, terib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Ruletni yana o'rab, yelim qog'ozga solamiz va 3 soatga (iloji bo'lsa, bir kecha kunduzga) sovutgichga olib qo'yamiz.

Tortishdan oldin shakar upasi sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Biskvitiga:
3 ta tuxum katta-katta
100 gramm shakar
5 osh qoshiq sut
1 choy qoshiq vanil
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
120 gramm un
3 osh qoshiq shakar upasi
Kremiga:
200 gramm shakar
100 gramm yumshatilgan sariyog'
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
bir-nechta qulupnay qulupnay
oldingi
Spanakopita – ismaloq va pishloqli grekcha pishiriq
keyingi
Tayyorlab ko’rish shart bo’lgan 3 xil xot-doglar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.